O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “SSKA” klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Turkiya chempionati vakili — “Bashakshehir”da davom ettirishga yaqin turibdi.

Turkiya klubi ushbu transfer uchun ruslarga 7,5 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvdagi ayrim shartlar bajarilsa (masalan, Turkiya Superligasida bir mavsumda 10 ta gol urish yoki Konferensiyalar Ligasida gol kiritish), qo‘shimcha 2,5 million yevro miqdorida bonuslar ham belgilangan.
Qozog‘istonning Vesti.kz nashri turkiyalik insayderlarga tayanib xabar berishicha, Abbosbek Fayzullayev tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan va yaqin kunlarda transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Uning maoshi esa bir necha barobarga oshadi: agar u “SSKA”da yiliga 100 ming yevro olgan bo‘lsa, “Bashakshehir”da bu ko‘rsatkich 1 million yevrodan ortiq bo‘ladi. Bundan tashqari, unga qo‘shimcha bonuslar ham to‘lanadi.
Izoh (0)