Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Brentford” hujumchisi Brayan Mbeumoni transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bir necha hafta davom etgan muzokaralardan so‘ng tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishdi. Transfer qiymati 71 million funt sterling (taxminan 82,4 million yevro) bo‘lib, bu miqdor to‘rt bosqichda to‘lanadi. Shuningdek, bonus tarzida qo‘shimcha 6 million funt (7 million yevro) ham ko‘zda tutilgan.
25 yoshli kamerunlik futbolchi boshqa takliflarni rad etib, aynan “Manchester Yunayted”ni tanlagan. Hozirda transfer jarayoni rasmiylashtirish bosqichida.
Ma’lumot uchun, 2024/25-yilgi mavsumda Mbeumo Angliya Premer Ligasi doirasidagi 38 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 ta gol va 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 55 million yevroga baholagan.
Izoh (0)