2025-yil ikkinchi choragida Mastercard Economics Institute (MEI) sayohatlar iqtisodiyotidagi dolzarb trendlar to‘g‘risida beshinchi har yilgi Travel trends 2025: Purpose-driven journeys hisobotini e’lon qildi. Avvalgi yillardagi kabi, hisobot global iste’mol xarajatlari tahliliga asoslangan noyob insaytlarni o‘z ichiga oladi. 2025-yilning asosiy xulosasi: sayohatchilar tobora ko‘proq shaxsiy qadriyatlar, salomatlik va noyob taassurotlarga qaratilgan ongli safarlarga intilmoqda.
Dunyoning o‘ziga tortuvchi joylari – Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Markaziy Osiyo
MEIga ko‘ra, 2025-yilgi yetakchi trendlar qatorida – sog‘lomlashtirish va eko-turizm, diqqatga sazovor tabiat maskanlari va gastronomik sayohatlari mavjud. Sayohatchilarni Istanbulning boy pazandachilik landshafti, Saudiya Arabistonidagi yangi dam olish markazlari, Tailanddagi tabiat qo‘ynidagi sokinlik, eko-mehmonxonalar va meditatsiya retritlari jalb qiladi.
- Tashrif bo‘yicha shaharlar top o‘ntaligiga Dubay, Istanbul va Makka kirgan. Top-100 da Yevropa shaharlari 66 ta o‘rin egallagan.
15 ta eng ommabop yozgi yo‘nalishlarning sakkiztasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyoga qiziqish o‘smoqda: Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston sayyohlik yo‘nalishlarida tobora tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. MEI ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kartalar orqali tranzaksiyalar soni ikki yilda (2022-yildan 2024-yilgacha) ikki martaga oshgan, mamlakat ichida xorijiy kartalar aylanmasi esa, 2,3 barobarga o‘sgan.
“Turizm iqtisodiyot o‘sishi va diverfikatsiyasining muhim dvigateli sanaladi. Iqtisodiy va geosiyosiy omillarga qaramay, mazmunli sayohatlarga intilish, avvalgidek, yo‘nalishlar tanlanishiga ulkan ta'sir ko‘rsatmoqda. Tabiat go‘zalligi, gastronomik xilma-xillik va noyob taassurotlar sayohatchilar tomonidan bunchalik yuqori baholanishini ko‘rish quvonarlidir”,- qayd etdi MEI EEMEA mintaqasi bo‘yicha bosh iqtisodchisi Xadicha Haq.
Global trendlar
MEI bir nechta global trendlarni ajratib ko‘rsatadi:
- Sog‘lomlashtirish. Afrika, Tailand va Italiya bilan bir qatorda, wellness-turizmda yetakchilik maqomini mustahkamlamoqda.
- Istanbul gastronomik turizm poytaxtiga aylandi: shahar restoranlari 67 ta mamlakatdan mehmonlarni qabul qildi. Yetakchilar ro‘yxatidan yana Dubay, Doha va Keyptaun joy olgan.
- Valyutalar kursining ta’siri. Iena kursining 1% ga tushishi Xitoydan turistlar oqimining 1,5% ga oshirdi.
- Qalloblikning o‘sishi. Mavsum avjida ommabop yo‘nalishlarda qalloblik darajasi 28% gacha o‘smoqda. Odatda bu restoranlar va taksida narxlarning oshirilishi, qalbaki turistik kompaniyalar va ko‘chmas mulk bo‘yicha yasama ro‘yxatlar bo‘ladi.
- Janubiy Afrika va Zambiyada milliy parklarning turistik xarajatlardagi ulushi 23,3% va 15,5% ni tashkil qildi.
- Kompaniyalar mintaqa doirasidagi safarlarni afzal bilib, xalqaro xizmat safarlarini qisqartirmoqda. Britaniya kompaniyalari Yevropa ichidagi sarflarni qisqartirib, ko‘proq EEMEA yo‘nalishidagi xizmat safarlariga investitsiya kiritmoqda.
- Mintaqaviy xablar. Saudiya Arabistonidagi islohotlar Jidda va ar-Riyodga turistlar oqimining o‘sishiga xizmat qildi. Yo‘lovchilar oqimining o‘sishi bo‘yicha Tokio va Osaka global yetakchilik qilmoqda.
- Sport – turizm drayveri sifatida. Sport globalizatsiyasi butun dunyo muxlislarini birlashtirib, keng ko‘lamli sport tadbirlarini xalqaro moliyaviy oqimlar uchun ohanrabo nuqtasiga aylantirmoqda. Chunonchi, Londonda 2024-yilda o‘tgan Chempionlar ligasi finali nemis muxlislar tomonidan 61%, ispaniyalik ishqibozlar tomonidan esa – 148% ga ko‘proq xarajatlar qilinishiga olib keldi.
“Travel trends 2025” hisoboti sayyohlar xatti-harakatlari qanday o‘zgarishi va bu tarmoq rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishini namoyish etadi. Tahliliy ma’lumotlar va asosiy insaytlarni taqdim etarkan, Mastercard turizm industriyasiga va biznesga sayohatchilar ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish va samarali rivojlanish strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi.
O‘zbekistonda Mastercard ichki va xalqaro turizm rivojlanishiga ko‘maklashib, tarmoqning asosiy texnologik hamkori sanaladi. 2023-yil oktyabrda O‘zbekiston mamlakatda sayyohlik infratuzilmasi va raqamli yechimlarni yaxshilashga qaratilgan “Mastercard Tourism Innovation Hub” ga qo‘shildi. 2024-yil fevralda Toshkentda Mastercard va Turizm qo‘mitasining tarmoqdagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan qo‘shma seminari o‘tkazildi.
Travel Trends 2025: Maqsadli turizm hisobotining to‘liq talqini va MEIning boshqa materiallari bilan havola orqali tanishish mumkin.
Mastercard Economics Institute haqida
Mastercard iqtisodiy instituti ilg‘or tahlil uslublari va Mastercardning o‘z ma’lumotlaridan foydalanib, global va mahalliy iqtisodiy trendlar to‘g‘risida tahlily ma’lumotlar taqdim etadi. Institut 2020-yilda ta’sis etilgan, u iste’mol xarajatlari, chakana savdo, turizm va iqtisodiy faoliyatning boshqa indikatorlariga oid dolzarb tahliliy sharhlar taqdim etish orqali biznes va davlat organlariga ko‘mak beradi. Mastercardning ekspert materiallari seriyasi va ixtisoslashgan mahsulotlari tufayli, institut asosli qarorlar qabul qilinishi va barqaror iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.
Mastercard (NYSE: MA) haqida
Mastercard butun dunyo bo‘ylab 200 dan ziyod mamlakatda mahalliy iqtisodiyotlarni rivojlantirib, insonlarni ilhomlantiradi. Mijozlarimiz bilan birgalikda biz har kim gullab-yashnashi mumkin bo‘lgan barqaror iqtisodiy muhitni quramiz. Biz raqamli to‘lovlarni o‘tkazish uchun ko‘plab imkoniyatlarni yaratamiz, tranzaksiyalarni bexavf, sodda, aqqli va hamyonbop qilamiz. Texnologiyalarimiz va innovatsiyalarimiz, hamkorliklarimiz va aloqalarimiz insonlarga, kompaniyalarga va hukumatlarga o‘z salohiyatlarini maksimal darajada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)