Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 19,27 so‘mga pastlab, 12 615,07 so‘m bo‘ldi;
- yevro 66,75 so‘mga tushib, 14 754,59 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,35 so‘mga pastlab, 162,02 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikki kun pastlab, 12 634,34 so‘m bo‘lgandi.
O‘zbekistonda 2025-yil may—iyun oylarida so‘m AQSH dollariga nisbatan keskin ko‘tarila boshlagandi. So‘ng pastlashni boshlab, 24-iyunda ushbu valyuta rasmiy kursi 12 410,99 so‘mni tashkil etdi. Ayrim iqtisodchilar dollarning bunday keskin pastlaganini valyuta mustahkamlanishi emas, dollar global miqyosda qadrsizlanishi ekanini aytdi. Jumladan, Yuliy Yusupov bu holatni so‘m mustahkamlanishi sifatida baholash noto‘g‘ri ekanini, chunki bunda so‘m qadri ortmayotgani, balki dollarning xalqaro miqyosda zaiflashuvi kuzatilayotganini bildirdi.
Izoh (0)