Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 18,98 so‘mga pastlab, 12 634,34 so‘m bo‘ldi;
- yevro 0,76 so‘mga tushib, 14 821,34 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,48 so‘mga ko‘tarilib, 162,37 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 653,32 so‘m bo‘lgandi.
O‘zbekistonda 2025-yil may—iyun oylarida so‘m AQSH dollariga nisbatan keskin ko‘tarila boshlagandi. So‘ng pastlashni boshlab, 24-iyunda ushbu valyuta rasmiy kursi 12 410,99 so‘mni tashkil etdi. Ayrim iqtisodchilar dollarning bunday keskin pastlaganini valyuta mustahkamlanishi emas, dollar global miqyosda qadrsizlanishi ekanini aytdi. Jumladan, Yuliy Yusupov bu holatni so‘m mustahkamlanishi sifatida baholash noto‘g‘ri ekanini, chunki bunda so‘m qadri ortmayotgani, balki dollarning xalqaro miqyosda zaiflashuvi kuzatilayotganini bildirdi.
Izoh (0)