• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nosoz konditsionerlar, madaniyatsiz haydovchilar: Toshkent avtobuslarida yo‘lovchilarni qanday muammolar qiynamoqda?

    Quyoshli kunlar, 40 darajaga yaqinlashgan havo harorati — bunday jazirama kunlarda ko‘chada harakatlanishning o‘zi mushkul, ayniqsa, jamoat transportida. Poytaxtning asosiy harakat vositalaridan biri bo‘lgan avtobuslarda sovitish tizimi ishlayaptimi yoki yo‘q? “Daryo” jurnalisti aholi fikrini o‘rgandi. 

    Foto: “Daryo”

    Aholi orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, yo‘lovchilardan turlicha javoblar olindi. Ba’zilar avtobuslardagi konditsioner ishlayotganidan mamnun bo‘lsa, boshqalar sovitish tizimining umuman yo‘qligidan norozi bo‘ldi. 

    Negadir 100-raqamli avtobusda sovitish tizimi ishlamaydi. Haydovchilar batareya quvvatini bahona qiladi. Keyin haydovchilar juda yomon haydaydi. Ularga mashina haydash madaniyatini o‘rgatish kerak.
    Biz chiqqan avtobusda konditsioner yoqilmagandi. Juda issiqligidan manzilga yetmasdan tushib qoldik.

    Yo‘lovchining aytishicha, avtobus salonidagi dim havo keksalar va surunkali xastaligi bor kishilar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

    Avtobuslarning hammasida ham konditsioner mavjud emas. Masalan, Chirchiqqa boradigan 101-sonli avtobusda konditsioner yo‘q. 40-50 daraja issiqda sovitish tizimi ishlamaydigan avtobusda yoshi kattalarda yurak siqilishi va boshqa noxush holatlar yuzaga kelishi mumkin.

    Shuningdek, ayrim yo‘lovchilar avtobus salonidagi yoqimsiz hidlardan ham norozilik bildirdi.

    38-sonli avtobusda konditsioner yo‘q, 115-da esa yaxshi. Ba’zi avtobuslardagi hid juda sassiq, chidab bo‘lmaydi.

    Ammo barcha fikrlar salbiy emas. So‘rovnomada qatnashgan bir qancha yo‘lovchilar mavjud sharoitdan mamnunligini aytdi.

    Avtobuslarda sovitish tizimi juda yaxshi ishlayapti. Endi yoshi kattalarga issiq ham, sovuq ham uncha to‘g‘ri kelmaydi.
    Men chiqadigan barcha avtobuslarda sovitish tizimi yaxshi. Ertalab 08:00 dan 17:00 gacha konditsionerni yoqadi, keyin o‘chirib qo‘yadi.

    Jazirama issiqda jamoat transportida sovitish tizimining ishlamasligi oqibatida har kuni yuzlab, balki minglab yo‘lovchilar dim, tiqilinch va noqulay sharoitda manzillariga yetishga majbur bo‘lmoqda. Avtobus salonlaridagi havo tanqisligi, yuqori harorat va jizzaki muhit esa nafaqat noqulaylik, balki sog‘liq uchun ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. 

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Muammoning ildizi nimada? Nega barcha avtobuslar konditsioner bilan jihozlanmagan yoki mavjudlari yoqilmayapti? Bu savollarga aniqlik kiritish maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJga murojaat qildik.

    Poytaxtimiz aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun bir kunda 1552 taga yaqin avtobus chiqarilyapti. Ushbu avtobuslardan 1400 tasida sovitish tizimi mavjud. Qolgan avtobuslarimiz esa ishlab chiqarish zavodi tomonidan konditsioner sovitish tizimi bilan jihozlanmagan eski rusumdagi transportlar hisoblanadi.
    Mercedes-Benz, SAZ LE 60 hamda MAN rusumli avtobuslarning ba’zi partiyalari zavoddan konditsionersiz ishlab chiqarilgan. Shuning uchun hozirgi paytda poytaxtda harakatlanayotgan ushbu rusumdagi ba’zi avtobuslarda sovitish tizimi yo‘q, deydi “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati rahbari Muslima Obidova.

    “Toshshahartransxizmat” AJ bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yozgi mavsum kirib kelishi munosabati bilan avtobuslarda har kuni ertalab soat 08:00 dan kechki 19:00 ga qadar sovitish tizimlari yoqilgan holda harakatlanishi belgilangan.

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, tashqaridagi havo haroratidan qat’i nazar, avtobus salonida 26 daraja haroratni saqlab turish belgilangan. Avtobus haydovchilari uchun maxsus boshqaruv paneli mavjud bo‘lib, u orqali salondagi harorat kuzatib boriladi. Agar sovitish tizimi yoqilgach, salon ichidagi harorat 26 darajaga yetgan bo‘lsa, aynan shu haroratni ushlab turish haydovchidan talab etiladi.

    Ayrim avtobuslarda sovitish tizimi yo‘qligi yo‘lovchilarimizga noqulaylik tug‘dirdi. Yozning o‘tgan birinchi oyida 1062 ishonch raqamimiz orqali avtobuslarda konditsioner tizimi ishlamasligi yuzasidan 300 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Undan 100 tasi hozir murojaatlarni yechish jarayonida.
    Sovitish tizimi bo‘lmagan avtobuslardan tushgan murojaatlarni hozir hal qilishning imkoni yo‘q. Tez orada poytaxtga yangi 200 ta elektrobus yetib kelishi kutilmoqda. Ular kelishi bilan konditsioneri yo‘q bo‘lgan eski avtobuslar tezda almashtiriladi, deydi Muslima Obidova. 
    Foto: “Daryo”

    Issiq yoz kunlarida avtobuslardagi sovitish tizimi muammosi endi oddiy noqulaylik emas, balki jamoat transportidan foydalanish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan dolzarb muammoga aylanmoqda. Yo‘lovchilar bu muammo bartaraf etilishini kutmoqda. Qanchalik tezkor chora ko‘rilishi esa endi mas’ullarning e’tiborida.

    8 iyul, 22:04   Izoh (0)   2538
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Avtobus#jazirama#sovitish tizimi#aholi#norozilik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qizargan to‘lin oy, tulkilardan ogohlantirilgan yaponlar, dorixonadagi Kim Chen In. 16-may suratlari

    17.05.2022, 00:18

    Qum qoplagan Iroq, dafn qilingan prezident, tibbiyot bilan tanishgan bolalar. 17-may suratlari

    18.05.2022, 00:25

    Parijdagi osma restoran, 5 tonnalik kalla suyaklari, suv tarqatayotgan ko‘ngillilar. 18-may suratlari

    18.05.2022, 23:59

    “Tipratikan” harbiy mashg‘ulotlari, metroda qolayotgan odamlar, poyezd bilan to‘qnashgan avtobus. 24-may suratlari

    24.05.2022, 23:58

    Norozilikka uchragan yangi prezident, tabaqalanishga qarshi kurash, so‘nggi bor chalingan qo‘ng‘iroq. 25-may suratlari

    25.05.2022, 23:58

    Mitingga chiqqan sobiq bosh vazir, benzinning yangi narxi, qum haykallari festivali. 26-may suratlari

    27.05.2022, 00:39

    Ginnesga kirmoqchi bo‘lgan vampirlar, Jonni Deppni kutayotgan Jek Chittak, g‘alabani nishonlagan “Roma”. 27-may suratlari

    28.05.2022, 00:05

    Iso Masihning yangi haykali, dorda kilometrlab yurgan dorboz, suvdan topilgan bomba. Hafta suratlari

    28.05.2022, 23:56

    Misrda topilgan sarkofaglar, qisqichbaqa bilan o‘ynayotgan bola, muz ustida uxlab qolgan ayiq. 30-may suratlari

    31.05.2022, 00:11

    “Turizm eksportini 3-4 barobar oshirsak ‘paxta ekmasak’ ham bo‘laveradi” — Shavkat Mirziyoyev

    26.06.2023, 14:25

    O‘zingizga foyda: issiq ob-havo sharoitida qilmaslik kerak bo‘lgan cheklovlar

    21.07.2023, 18:52

    “Daryo” reportaji: Sayyohlar talpinayotgan Dubay. Sahrodan megapolisga aylangan shahar

    10.09.2023, 23:45

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    25 iyun, 22:30

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    28 iyun, 17:15

    Eronda Isroil bilan urushda halok bo‘lgan harbiylarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

    28 iyun, 17:55

    Toshkentda Chorbog‘ga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    28 iyun, 20:40

    Ortiqcha yo‘l belgilari, sifatsiz yo‘laklar: O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi xavfsizlik o‘rganildi

    29 iyun, 16:00

    Tanzaniyada avtobuslar yonib ketishi sabab 38 kishi halok bo‘ldi

    29 iyun, 19:40

    Sirdaryoda Lacetti va avtobus to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi (video) 

    30 iyun, 22:35

    Farg‘onadagi portlash: aybdorlarga hukm o‘qildi, qurbonlar oilasiga tovon pullari belgilandi 

    1 iyul, 16:54

    Fransiyada ochiq joylarda tamaki chekkanlar jarima to‘laydi

    2 iyul, 14:20

    Toshkentda Rohat aylanma yo‘li vaqtincha yopilgani sabab tirbandliklar yuzaga keldi (video)

    2 iyul, 15:48

    Bektemirdan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida harakat 5 kunga bir tomonlama yopiladi

    2 iyul, 19:55

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.