Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turidan o‘rin olgan uchrashuv 7-iyul, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada “Neftchi” jamoasi “Xorazm”ni qabul qildi. 12-daqiqada Toma Tabatadze jarima zarbasidan gol urib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlar yaratildi, ammo samara chiqmadi.
69-daqiqaga kelib esa Zoran Marushich hisobni ikkitaga oshirdi. O‘yinda boshqa to‘p kiritilmadi va “Neftchi” o‘z hisobiga 3 ochko yozdirib qo‘ydi.
Mazkur g‘alaba bilan farg‘onaliklar 30 ochko to‘plagan holda, 2-o‘rinni egallab turibdi. Xorazmliklar esa 14 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olgan.
Superliga
15-tur
7-iyul, dushanba
“Neftchi” – “Xorazm” 2:0
Gollar: Toma Tabatadze, 12 (1:0), Zoran Marushich, 69 (2:0)
Izoh (0)