AQSHning Massachusets shtatida yashovchi Silvestr Semedo lotereyada g‘alaba qozonish uchun raqamlar to‘plamini tanladi. U raqamlarni ilgari ishlagan binosidagi liftdan olgan. Fuqaro 300 ming dollar yutib oldi.

Semedo lotereya chiptasida 2, 6, 10, 14 va 18 raqamlarini tanlagan. Unga ko‘ra, ilgari ishlagan binosidagi lift aynan shu raqamli qavatlargina to‘xtardi.
U uch marta bir xil raqamlarni yozib, uch marotaba 100 ming dollardan yutib olgan. Semedoning aytishicha, u yutuqning bir qismini sevimli beysbol jamoasi — “Boston Red Sox”ning o‘yinini tomosha qilishga sarflashini aytdi.
Bundan oldin merilendlik ayol o‘zining burji raqamlarini ishlatib, lotereyada 50 ming dollar yutib olganini aytgan edi.
Izoh (0)