Toshkent shahar, Ohangaron yo‘li ko‘chasining Qorasuv ko‘chasidan Birlashgan ko‘chasigacha bo‘lgan bir tomonlama qismi vaqtincha yopilishi sababli ushbu manzil orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakati o‘zgartirildi. Bu haqda poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Jumladan, 95, 110, 128-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Ohangaron shohko‘chasidagi qo‘shimcha mahalliy yo‘l orqali o‘zgartirildi. Shuningdek, 18, 30, 44, 49, 119, 129-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Qorasuv, Aviasozlar, Beshariq ko‘chalari orqali o‘zgartirildi.
Yo‘l ta’mirlash ishlari jarayonida harakat cheklanishi va uzoq muddatli tirbandliklar yuzaga kelishi holatlariga ko‘ra avtobus yo‘nalishlari harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi aytildi.
Shu bilan birga, 97 va 157-sonli avtobus yo‘nalishlari qatnov yo‘li vaqtincha o‘zgartirildi. Bunga ham yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘ladi.

Maʼlum qilinishicha, har ikki yo‘nalish Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmasidan ortga qayrilib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettiradi.
- 97-sonli avtobus yo‘nalishi: Toshkent vokzalidan Yunusobod dehqon bozoriga borishda A.Temur va Bog‘ishamol kesishmasigacha harakatlanadi va u yerdan ortga qayrilib, belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatni davom ettiradi;
- 157-sonli avtobus yo‘nalishi: Paxtakor metro bekatidan Yunusobod 19-dahaga borishda xuddi shu kesishmaga yetib boradi va ortga qayriladi.
Yo‘l ta’mirlash ishlari yakunlangach, avtobuslar avvalgi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishni davom ettiradi.
Yashnobod tumanining Ohangaron shoh ko‘chasi 25-iyun soat 00:00 dan 1-iyulgacha transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)