Daryo

Qashqadaryoda qiz talashgan yigitlarning ota-onasi jarima to‘laydigan bo‘ldi

Sinfdosh qizning yonida begona yigitni ko‘rgan o‘smirlar jahl ustida uni do‘pposlashgan

2 daqiqa o‘qish9 706 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyatida sinfdosh qizining yonida yurgan yigitni kaltaklaganlar ishi sudda ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, holat Qarshi shahrida sodir bo‘lgan. Sinfdosh qizning yonida begona yigitni ko‘rgan o‘smirlar jahl ustida uni do‘pposlashgan. Maktab o‘quvchilarining mazkur xatti-harakatlari ularning ishtirokidagi sudda ko‘rib chiqildi. 

Sud yakunlariga ko‘ra, da’vogarning qonuniy vakili hisobiga javobgarlar, ya’ni kaltaklaganlar qonuniy vakillari tomonidan jami 48 mln 365 ming so‘m moddiy zarar hamda javobgarlarning qonuniy vakillaridan har biridan 2 mln so‘mdan ma’naviy zarar undirish haqida qaror qabul qilingan.

Maktabdagi janjallar

Avvalroq Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini qo‘liga igna sanchish bilan jazolangani haqida xabarlar tarqalgandi. Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdig‘ini topmagan. 

Qashqadaryoning Shahrisabz tumanidagi maktabda o‘qituvchi 5-sinf o‘quvchisini urib jarohatladi. Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi yoqalashgani tasvirlari tarqaldi. Algebra fani o‘qituvchisi va 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan ikki qiz o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolgan. Ularning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun sudga berilgan.

Toshkentdagi maktabda ayol dastlabki ish kunida o‘quvchini kaltaklagani ham keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ayol jazolanib, maktab direktori ishdan olingandi.

Tanganing ikkinchi tomoni: o‘qituvchiga tazyiq o‘tkazish holatlari

2024-yilning oktyabrida Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchini urgandi. O‘sha yilning aprelida Farg‘onada maktab o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangandi. 2023-yilning mayida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchisining onasi tomonidan kaltaklangandi. Sentyabr oyida Surxondaryoda maktab direktori o‘qituvchining yaqin qarindoshlari tomonidan kaltaklangandi. Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga qilmishidan kelib chiqqan holda jazo choralari ko‘rilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar