Daryo

Toshkent viloyatidagi maktabda darsga kech qolganlar o‘t yulishga majburlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh mazkur holatni o‘rgandi

1 daqiqa o‘qish10 458 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda 5-may kuni “Toshkent viloyatida maktabga kech qolgan bolalar o‘t yulishga majburlanmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unda Bo‘ka tumanidagi 24-maktabda kechikkan o‘quvchilar obodonlashtirish ishlariga jalb qilingani aytilgan. Mazkur holat yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. 

Aniqlanishicha, 30-aprel kuni 11-sinf o‘quvchilari darsga kechikib kelgan. Kechikish holatlari takroriy bo‘lgani sababli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularni tartibga chaqirish maqsadida maktab gulxonasidagi yovvoyi o‘tlarni tozalashga jalb qilgan.

Mazkur faoliyat 10 daqiqa davom etgan bo‘lib, shundan so‘ng o‘quvchilar darslarga qayta kiritilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu amaliyot maktabda doimiy tarzda qo‘llanib kelinayotgani tasdiqlanmagan. Shunga qaramay, direktor o‘rinbosariga ogohlantirish berilgan.

Bundan avval Andijon shahridagi 5-umumta’lim maktabida o‘quvchi qizlar o‘tirib-turg‘izilib jazolangan edi. Bundan tashqari, Samarqandda majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan o‘quvchilar buni dars doirasida qilgani aniqlangandi. Shuningdek, Andijondagi maktablardan birida o‘quvchi maktabdoshini kaltaklagani haqida xabar berilgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar