Daryo

“O‘zgidromet” 30-sentyabrda yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgan hududlarni e’lon qildi

Prognozlarga ko‘ra, chorshanba kuni havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda qor yog‘ishi mumkin.

2 daqiqa o‘qish242 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Farrux Aliyev

“O‘zgidromet” 30-sentyabr uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, chorshanba kuni qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 21-23 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

“O‘zgidromet” bu hafta havo harorati yana pasayib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Oktyabr oyi uchun ob-havo prognozini ham e’lon qilgandi. Oktyabr oyida o‘rtacha harorat foni iqlimiy me’yor atrofida, ayrim hududlarda esa undan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanadi. Shimoliy hududlarda uning miqdori me’yordan kam, markaziy va janubi-sharqiy hududlarda esa me’yor atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar