Daryo

“Daryo” dayjesti: 23-mayning eng muhim xabarlari

“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

2 daqiqa o‘qish17 930 ko‘rishlar0 izoh0

Urganch shahrining sobiq prokurori ishga qayta tiklanishi, Qashqadaryoda 2-sinf o‘quvchisi yuk mashina urib yuborishidan halok bo‘lishi, Orolning qurigan tubida o‘rmon ekish markazi tashkil etlishi — “Daryo” nashri bugun, 23-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

Birinchi ziyoratchilar 2024-yilgi haj ziyoratini ado etish uchun Toshkentdan Madinaga uchib ketdi

Haj mavsumi davomida O‘zbekiston shaharlaridan Madina shahriga jami 124 ta charter aviaqatnovi amalga oshiriladi.

O‘zbekiston—Turkmaniston savdo zonasi 2025-yilda ishga tushiriladi

Markaz mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmining o‘sishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning 5 ta tumanida suyultirilgan gaz yetkazib berish funksiyasi xususiy operatorga beriladi

Energetika vazirligi bu boradagi prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Toshkent viloyatida jazo muddatini o‘tash joyini 1000 dollar evaziga o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Qo‘lga olingan shaxslarning ikkisi ham muqaddam sudlangan.

Orolning qurigan tubida o‘rmon ekish markazi tashkil etiladi

Markaziy Osiyodagi o‘xshash ekologik muammolarni faqat kuchlarni birlashtirish orqali birgalikda hal qilish kerakligi aytildi.

O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi

Xorijiy brendlarni jalb qilgan poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalar xarajatining 30 ming dollargacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Qashqadaryoda 4 ta ishlab turgan bog‘cha sotuvga qo‘yilgandi. Davaktiv agentligi bog‘chalar sotilmasligini bildirdi

Ushbu bog‘chalar hozircha “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning ixtiyorida qoldiriladi.

Tizimdan 10 yil avval chetlatilgan Urganch shahrining sobiq prokurori ishga qayta tiklandi

Sobiq Urganch shahar prokurori Maqsud Olloberganov 2014-yilning oktyabr oyida fuqarolarga nisbatan tamagirlik qilganlikda soxta ayblov bilan Urganch shahar prokurori lavozimidan va prokuratura tizimidan bo‘shatib yuborilgan.

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida xalqaro bayonnomani tasdiqlashga oid prezident qarori qabul qilindi

Mazkur bayonnoma 2023-yil 2-noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.

Qashqadaryoda 2-sinf o‘quvchisi yuk mashina urib yuborishidan halok bo‘ldi

Haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.

O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar soni keskin kamaydi

Bola puli va moddiy yordam to‘lovlarining umumiy miqdori ham qisqardi.

Buxoroda yo‘l talashib mushtlashgan haydovchiga ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi

Fuqaro o‘zining Spark’ida yo‘lning beton to‘siqqa yaqin qismidan harakatlanayotganda orqada Epica boshqarib kelayotgan haydovchi yo‘l so‘rab ishora qilgan.

Futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Chempionatni yuqori saviyada o‘tkazish uchun bosh vazir rahbarligida tashkiliy qo‘mita tuzilishi belgilandi.

O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ida narxni kamida 20 foizga arzonlashtirish mumkinligi aytildi

Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ida erishilayotgan natijalar va istiqbolli rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muloqotda ayollar huquqlarini himoya qilish mavzulariga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Putin 26-27-may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Tashrif davomida qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar