Daryo

Toshkent viloyatida jazo muddatini o‘tash joyini 1000 dollar evaziga o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Qo‘lga olingan shaxslarning ikkisi ham muqaddam sudlangan

1 daqiqa o‘qish14 355 ko‘rishlar0 izoh0

IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Foto: IIV Tezkor qidiruv departamenti

Tadbir davomida muqaddam sudlangan 48 yoshli ikki nafar shaxs Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan tanishi orqali ushbu manzil koloniyasidagi yana bir mahkumni Ohangaron yoki Olmaliq shahridagi manzil koloniyalaridan biriga o‘tkazib berish evaziga 1 000 dollar miqdoridagi pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil aprel oyida Navoiy viloyatida tergov ishlarini yengillashtirib berishini aytib, 100 million so‘m so‘ragan ayol jinoyati ustida qo‘lga tushgandi. Shuningdek, Samarqandda 2,5 milliard so‘mlik qarzdorlikni kamaytirish uchun 15 ming dollar so‘ragan soliq inspektori qo‘lga olingan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar