Daryo

O‘zbekiston—Turkmaniston savdo zonasi 2025-yilda ishga tushiriladi

Markaz mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmining o‘sishiga xizmat qilishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish9 399 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Akmaljon Qo‘chqorov Tosho‘g‘uz viloyat hokimi Soltanmirat Soltanmiradov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Muloqot chog‘ida Xorazm va Tosho‘g‘uz viloyatlari o‘rtasida chegara savdo zonasi – savdo markazining tashkil etilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmining o‘sishiga, shuningdek, chegara hududlari aholisining farovonligini oshirishga xizmat qilishi eʼtirof etilgan.

Ta’kidlanishicha, Tosho‘g‘uz viloyatidagi Turkmaniston—O‘zbekiston chegara zonasida savdo markazini qurish bo‘yicha qurilish ishlari 2023-yil iyul oyida boshlangan, obyektni ishga tushirish 2025-yil iyul oyiga rejalashtirilgan.

Transchegaraviy savdo zonalarining ishga tushirilishi Xorazm va Tosho‘g‘uz viloyatlarining iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, aholi farovonligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, – deb yozadi Turkmaniston OAVlari.

Avvalroq “Andijon viloyatida “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar