Daryo

Qashqadaryoda 2-sinf o‘quvchisi yuk mashina urib yuborishidan halok bo‘ldi

Haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan

1 daqiqa o‘qish25 652 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida 2-sinf o‘quvchisi yuk mashinasi urib ketishidan halok bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh o‘quvchilar piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotganida “KamAZ” ulardan birini urib yuborgani aks etgan video tarqalgandi.

Aniqlanishicha, voqea 15-may kuni viloyatning Ko‘kdala tumanida yuz bergan. Yo‘ldan o‘tayotgan bolalar 2-sinf o‘quvchilari bo‘lib, yuk mashina urib yuborgan bola voqea joyida vafot etgan.

Viloyat IIB matbuot xizmatining bildirishicha, YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ma’lumot uchun,  Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismidagi qilmish uchun muayyan huquqdan mahrum qilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar