Daryo

Putin 26-27-may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Tashrif davomida qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan

1 daqiqa o‘qish21 340 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27-may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning maʼlum qilishicha, tashrif davomida qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. “Interfaks” Ushakovning 23-24-may kunlari Putinning Belarusga tashrifi haqidagi so‘zlarini keltirgan.

“Yakshanba-dushanbada esa O‘zbekistonga”, – degan Ushakov.

Rossiya prezidenti yordamchisi tashrif davomida qandaydir hujjatlar imzolanishi kutilyaptimi, degan savolga bir nechta hujjatlar imzolanishi rejalashtirilayotganini maʼlum qilgan.

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 6,6 foizga oshgan.

Shuningdek, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar qatorida Rossiya yetakchilar qatorida – 3,8 mlrd dollar.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar