• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ida narxni kamida 20 foizga arzonlashtirish mumkinligi aytildi

    Shavkat Mirziyoyev 23-may kuni farmatsevtika tarmog‘ida erishilayotgan natijalar va istiqbolli rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Joriy yil boshida shu borada ikkita hujjat qabul qilindi. Xususan, 10-yanvardagi prezident qaroriga muvofiq, 2024—2025-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. 23-yanvarda qabul qilingan farmonda farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

    Sohadagi yangi loyihalar uchun 100 million dollar arzon resurs ajratildi. Bundan tashqari, Asaka bank tomonidan 200 million dollar jalb qilindi. Bu imkoniyatlar natijasida o‘tgan 4 oyda 30,5 million dollarlik ikkita loyiha ishga tushirilib, 160 ta ish o‘rni yaratilgan. 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 51 million dollarlik eksport qilingan.

    Qayd etilishicha, bu natijalar hali yetarli emas. Imkoniyatlar ham, rejalar ham ulkan. Xususan, bu yil 400 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 200 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. 2 milliard dollarlik 147 ta loyiha boshlanib, shundan 28 tasi joriy yilda ishga tushirilishi belgilangan. 450 turdagi yangi mahsulotni mahalliylashtirish mo‘ljallangan.

    Davlat rahbari bu imkoniyatlardan foydalanib, mahalliy mahsulotlar bilan ichki bozor talabini qondirish darajasini oshirish zarurligini ta’kidladi. Ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga o‘tkazish, narx va sifat mutanosibligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda sohada raqamlashtirishni bu yil 65 foizga yetkazish, keyingi yil esa to‘liq yakunlash vazifasi qo‘yildi. Bu orqali narxni kamida 20 foizga arzonlashtirish mumkinligi qayd etildi. Soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Tashkent Pharma Park innovatsion farmatsevtika klasteri faoliyatini jadallashtirib, 470 million dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish choralari ko‘rib chiqildi. Farmatsevtika sohasiga investorlarni jalb qilib, yangi loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham axborot berildi.

    23.05.2024, 20:00   Izoh (0)   3664
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori lavozimidan ozod qilindi 

    05.04.2024, 20:55

    Farmatsevtika korxonalari 2024-yilning 3 oyida qancha mahsulot ishlab chiqargani ochiqlandi

    13.04.2024, 21:25

    O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlik kuchaytiriladi

    30.04.2024, 22:45

    O‘zbekistonda kurash mahorat maktablari tashkil etiladi

    23.05.2024, 18:55

    O‘zbekistonga kirib kelayotgan avtobus g‘ildiraklari orasidan 1,8 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi 

    23.05.2024, 17:15

    Buxoroda yo‘l talashib mushtlashgan haydovchiga ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi

    23.05.2024, 16:55
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anjelina Joli sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittdan yarashishni iltimos qilmoqda

    Layfstayl | 30 may, 18:55

    Toshkentda parvoz vaqti styuardessaga tegajog‘lik qilgan erkakka chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 18:45

    Rossiyalik deputat o‘zbeklarning Sibirdagi tarixiy yerlariga bo‘lgan haqqini tan oldi

    Dunyo | 30 may, 18:37

    Britaniyalik ayol aqlli tish cho‘tkasi yordamida erining xiyonatini fosh qildi

    Layfstayl | 30 may, 18:20

    Mashhur film va seriallardagi eng esda qolarli to‘y sahnalari

    Layfstayl | 30 may, 17:59

    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

    Reklama | 30 may, 16:30

    Turkmaniston Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi

    Dunyo | 30 may, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.