Daryo

Birinchi ziyoratchilar 2024-yilgi haj ziyoratini ado etish uchun Toshkentdan Madinaga uchib ketdi

Haj mavsumi davomida O‘zbekiston shaharlaridan Madina shahriga jami 124 ta charter aviaqatnovi amalga oshiriladi

1 daqiqa o‘qish11 678 ko‘rishlar0 izoh0

“Haj-2024” dasturi doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent—Madina yo‘nalishidagi birinchi aviaqatnovi Toshkent vaqti bilan soat 01:40 da jo‘nab ketdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Airports

O‘zbekiston shaharlaridan Madina shahriga jami 124 ta charter aviaqatnovi amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda haj mavsumi 2024-yil 23-maydan boshlandi. Respublikadan Saudiya Arabistoniga 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi. O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 ming nafar etib belgilandi.

Foto: Uzbekistan Airports

Respublika aeroportlarida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida yo‘lovchilar issiq nonushta bilan ta’minlanadi. Parvoz davomida esa O‘zbekiston Musulmonlari idorasi talablarini inobatga olgan holda tayyorlangan maxsus taomlar tarqatiladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar