Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik fuqaro balkonni ta’mirlayotganda turar joy binosining uchinchi qavatidan yiqilib tushdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Hodisa 23-sentyabr kuni Pogranichniy ko‘chasidagi 15-uy yonida sodir bo‘lgan. Uy egasi bir necha bor o‘zbekistonlik erkakni yordamga chaqirgan. U balkonda ishlash jarayonida muvozanatini yo‘qotib, pastga yiqilib, halok bo‘lgan.
2023-yilning dekabrida shunga o‘xshash ikkita holat qayd etilgandi. Sankt-Peterburgda 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish maydonchasida yiqilib, kasalxonaga yotqizilgan. Erkak Moskva shossesida angarlarda ishlayotgan vaqtda balandlikdan yiqilib tushgan.
Kudrovo shahridagi qurilish maydonchasida esa o‘zbekistonlik ishchi uch metr balandlikdan yiqilib halok bo‘lgan. Prorab hushsiz holda yotgan quruvchini topgan va darhol tez yordam xizmatiga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari uning o‘lganini aniqlagan.
Izoh (0)