Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant qurilish maydonida balandlikdan yiqilib tushdi 

Erkak boshning ochiq jarohati, miya shishi va boshqa og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish13 520 ko‘rishlar0 izoh0

Sankt-Peterburgda 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish maydonchasida yiqilib, kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Voqea Shusharida sodir bo‘lgan. Erkak Moskva shossesida angarlarda ishlayotgan vaqtda balandlikdan yiqilib tushgan. Qurilish maydonchasida videokuzatuv kamerasi yo‘qligi sababli aniq ma’lumot mavjud emas.

Erkak boshning ochiq jarohati, miya shishi, bosh miya kontuziyasi va boshqa og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Migrant 2021-yilda Sankt-Peterburgga kelgan. Avvaliga u migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo keyinchalik hujjatlarning amal qilish muddati tugagan va u Rossiyada noqonuniy bo‘lgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar