Qozog‘istonning shimoli va sharqida atmosfera frontlarining o‘tishi bilan sovuq tushadi. Bu haqda “Kazaxstanskaya pravda” xabar berdi.
26-sentyabr kuni mamlakatning janubi-sharqidagi tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda. Yomg‘ir qorga aylanadi, tunda havo harorati 2 va 7 darajagacha sovib ketishi mumkin. Qolgan hududlarda shimoli-g‘arbiy antisiklon ta’sirida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.
Respublika bo‘ylab shamol kuchayishi prognoz qilingan. Kechasi va ertalab mamlakat shimolida, shimoli-g‘arbida va sharqida tuman tushishi ehtimoli bor.
Kunduzi havo harorati pasayadi: mamlakat g‘arbida 18-26 darajagacha, shimolda va sharqda 5-10, markazda 7-15, janubda 12-20, tog‘li hududlarda esa 2-10 darajagacha harorat kuzatiladi.
Izoh (0)