• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Oddiy muolaja sifatida paydo bo‘lgan aravachada o‘ynaladigan tennis haqida bilasizmi?

    Tennis tarixida tomoshabinlarning sportga hamda unga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirishga majbur qilgan ko‘plab voqealar, shaxslar bo‘lgan. Amerikaning Tennis nashri o‘tgan ellik yilni sarhisob qilib, eng yorqin va muhim voqealarni esladi.

    Tennis sharhlovchisi Stiv Tignor tibbiy muolaja sifatida boshlangan, ammo millionlab odamlarning hayotini o‘zgartirib yuborgan sport haqida hikoya qiladi.

    XX asrning 70-yillaridagi tennisning rivoji odamlar hayotiga katta ta’sir o‘tkazmay qo‘ymadi.

    1873-yilda paydo bo‘lganidan beri tennis ikkita formatdan iborat bo‘lgan: yakkalik va juftlik. 1976-yilda Kaliforniyaning Dauni shahridagi reabilitatsiya markazida yangi format tug‘ildi: nogironlar uchun aravachada o‘ynaladigan tennis.

    Bugungi kunda ushbu sport turi bilan 100 dan ortiq mamlakat aholisi shug‘ullanmoqda va professional sportchilar 200 dan ortiq turnirlarda qatnashib, munosib sovrinlarni yutib kelmoqda. Vaholanki, 50 yil oldin ko‘pchilik bunday sport turi paydo bo‘lishini shunchaki orzu qilgan.

    Foto: “Paralympic.org”

    Bu orzu birinchi marta 1976-yilda, baxtsiz hodisa tufayli falaj bo‘lib qolgan sobiq professional chang‘ichi Bred Parks Los-Amigos tiklanish markazida o‘zining yangi reabilitatsiya terapevti Jeff Minnbreker bilan uchrashganida amalga osha boshladi. Parks ilgari nogironlar aravachasida basketbol o‘ynagan, ammo keyinchalik otasiga qarshi tennis bahsida qatnashib ko‘rgan. Va avtohalokatda yurish qobiliyatini yo‘qotgan Jeff, sport uchun maxsus stulning yengilroq modelini ishlab chiqdi.

    “Bu tasodifiy uchrashuv Jon Lennonning yosh Pol Makkartni yoki Stiv Jobs bilan garajda uchrashishga qaror qilgani kabi edi. Bu tennisni abadiy o‘zgartiradigan alkimyoviy jarayonni boshladi”, deb eslaydi jurnalist Endryu Fridman Tennis nashriga bergan intervyusida.

    Minnbreker va Parks tezda oddiy tennischilardan kattaroq shaxsga aylandi. Ular Jeffning ixtirosini ommalashtirish va sotishni boshlagan qo‘shma biznesga asos soldi. Yengil nogironlar aravachasi va yangi sport turining rivojlanishi haqidagi xabarlar yaqin atrofdagi jamoat markazlari orqali tarqala boshladi, shundan so‘ng Bred nogironlar aravachasida tennis bo‘yicha Milliy jamg‘arma va nogironlar aravachasi o‘yinchilari uyushmasiga asos soldi.

    Foto: Wikipedia

    Turli joylardan kelgan ikki boshqa o‘yinchilar saksoninchi yillarda ushbu sportni yanada rivojlantirdi.

    Rendi Snou o‘zining tug‘ilgan joyi — Texasdek yuragi borligi aytilgan inson edi. U butun hayoti davomida Qo‘shma shtatlarda yangi sport turini ommalashtirishga yordam berdi va o‘n marta US Open chempionligini qo‘lga kiritdi. Parks bilan bir qatorda Snou ham Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritilgan nogironlar aravachasida tennis o‘ynagan sportchilardan biridir.

    Jan-Pyer Limborg o‘z vatanida, keyin esa butun dunyoda o‘yinni rivojlantirishdek qiyin vazifani o‘z zimmasiga olgan fransuzlardan biri edi. Uning Yannik Noani nogironlar aravachasidagi o‘yinchilardan biriga qarshi ko‘rgazmali o‘yinga olib kelish qarori ushbu sport turining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Aynan Jan-Pyer Fridmanga bergan intervyusida nogironlar aravachasidagi tennis barcha nogironlar uchun ochiq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

    Foto: “nmeda.org”
    “1981-yilda Qo‘shma shtatlarga kelganimda, — dedi Limborg, — hayratga solgan narsa, meni oddiygina nogironlar aravasida o‘tirganimni ko‘rganlarning munosabati bo‘ldi. Hamma menga tabassum qildi. Fransiyada davolanish davrida juda ko‘p boshqa dardlardan ham azob chekasiz. U yerda nogironlarga nisbatan achinish hissi bilan qarashadi. Bu yerda esa siz taqdir taqozosi bilan shu ahvolga kelib ammo qo‘rqmasdan harakatlanayotganingiz qahramonlarcha e’tirof etiladi”.

    1982-yilda Fransiya Yevropada nogironlar aravachasida tennis dasturini joriy qilgan birinchi davlat bo‘ldi. O‘shandan beri ushbu sportni elit darajasida targ‘ib qilish uchun ko‘p harakatlar qilindi.

    Bu sport tezda butun dunyo bo‘ylab ommalashib ketdi va Paralimpiya o‘yinlariga “Seul —1988” Yozgi Paralimpiya o‘yinlariga ko‘rgazmali tadbir sifatida kiritildi. 1992-yilda Barselonada bo‘lib o‘tgan Yozgi Paralimpiya o‘yinlarida nogironlar aravachasida tennis to‘laqonli musobaqa maqomini oldi. 2000-yilda Sidneyda bo‘lib o‘tgan Yozgi Paralimpiya o‘yinlari ushbu sport turiga jamoatchilik eʼtirofini oshirdi va bu har yili tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniriga kiritilishiga olib keldi.

    Ester Vergeer Paralimpiya oltin medalini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. U 2000, 2004, 2008 va 2012-yillardagi o‘yinlarda oltin medalni qo‘lga kiritgan.

    Foto: Paralympic

    Parij Paralimpiya o‘yinlarida Yaponiya vakillari aravachada tennis bo‘yicha musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egalladi. Ushbu sport turida doim faol qatnashadigan niderlandiyaliklar bu safar ikkinchi o‘rin bilan cheklandi.

    Aravachadagi tennis sport turi ham xuddi katta tennisdek bir xil kattalikdagi tennis kortlarida o‘tkaziladi. Ushbu sport turining tennisdan ikkita katta farqi bor:

    • sportchilar aravada o‘tirgan holda tennis o‘ynashadi;
    • to‘p tennisdan farqli ravishda ikki marta sakrasa ham zarba berish mumkin bo‘ladi. 

    Ushbu sport turida qo‘shni Qozog‘iston anchagina rivojlanishga erishdi. Ammo O‘zbekistonda aravachadagi tennis sport turi yetarli darajada ommalashganicha yo‘q.

    09.09.2024, 22:58   Izoh (0)   5523
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Erkin G‘aybullayev

     

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga avtomobil hamda uy sovg‘a qilindi 

    09.09.2024, 21:02

    Futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga oid ma’lumotlar 

    09.09.2024, 18:22

    Paralimpiya yakunlari: O‘zbekiston sportchilari tarixiy natija qayd etdi

    09.09.2024, 12:51

    Murodjon Ahmadaliyev: Inoue mendan qo‘rqmoqda 

    09.09.2024, 11:50

    Dilshod Rahmatov: Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilamiz 

    08.09.2024, 17:35

    Karlo Anchelotti qachon murabbiylik faoliyatini yakunlashi haqidagi savolga javob berdi

    08.09.2024, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.