• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Paralimpiya yakunlari: O‘zbekiston sportchilari tarixiy natija qayd etdi

    Parij Paralimpiadasi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi. Birinchidan, O‘zbekiston delegatsiyasi katta tarkib bilan musobaqalarga kirishdi. Ikkinchidan, musobaqalarda sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

    Foto: “Paralympic”

    O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu Paralimpiya bahslarida 26 ta medalga ega chiqdi. 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan paralimpiyachilar umumjamoa hisobida 13-o‘rinni qayd etdi. Ushbu natija ham ular uchun tarixdagi eng yaxshisi hisoblanadi. Shuningdek, Osiyoda uchinchi, MDH, Markaziy Osiyo mintaqasi, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi.

    Foto: Olympic

    Bungacha ularning eng yaxshi natijasi Tokioda qayd etilgan edi. 2021-yili bo‘lib o‘tgan musobaqada 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sportchilari yakunda 15-o‘ringa joylashgan edi.

    Paralimpiya o‘yinlarida yengil atletika bo‘yicha natijalar

    O‘zbekiston delegatsiyasiga eng ko‘p medalni yengil atletikachilar olib keldi. 16 medalni qo‘lga kiritgan para yengil atletikachilar yakunda umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.

    Musobaqada Xitoy mutlaq ustunlik bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ular umumiy 220 ta ( 94 ta oltin, 76 ta kumush va 50 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi. Buyuk Britaniya sportchilari umumiy 124 medal bilan ikkinchi, 105 medalni qo‘lga kiritgan AQSH uchinchi o‘rinni egalladi.

    Sovrindorlarning salmoqli qismi—ayollar!

    Ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik ayol sportchilar juda ishonchli harakat qildi. O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi 26 medalning 12 tasini ayol sportchilar qo‘lga kiritdi. Ba’zi sportchilar jahon rekordini yangiladi.

    Foto: “Paralympic“

    T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Asila Mirzayorova 5,24 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va Olimpiada chempioniga aylandi.

    Foto: Getty Images

    Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21,12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

    Bir musobaqada ikkita medal

    Ushbu musobaqa Nurxon Qurbonova uchun omadli keldi. Nayza uloqtirish bahsida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchi avvalroq yadro uloqtirish musobaqasida bronza medaliga ega chiqdi.

    Qiziqarlisi, Qurbonova bundan avval Tokio—2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medallar sovrindori bo‘lgandi.

    Foto: Getty Images

    Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga oltin medalni yozdirib qo‘ydi.

    Parijdagi yadro uloqtirish bahslarida ham qatnashgan sportchi bronza medalni qo‘lga kiritdi.

    Foto: Getty Images

    Eng yosh ishtirokchidan kumush!

    2008-yil 16-oktyabrda tavallud topgan iste’dodli para atlet Shahina Yigitaliyeva F46 klassida nayza uloqtirish dasturida qatnashdi. U 43.12 metr natija bilan delegatsiya hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim etdi. Ushbu sportchi delegatsiya tarkibidagi eng yosh ishtirokchi hisoblanadi. Maktab yoshida qatnashayotgan sportchining erishgan natijasi tahsinga sazovor.

    Eng ko‘p oltin, eng ko‘p kumush

    Parij Paralimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Mamlakatning eng ko‘p oltin medalni qo‘lga kiritgan musobaqalari Rio va Tokio (8 ta) Paralimpiya o‘yinlari hisoblanadi. Kumush medallar sonida ham O‘zbekistonning natijasi yaxshilandi. Riodagi musobaqada delegatsiya vakillari 6 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan.

    Foto: Getty Images

    Uch karra Paralimpiya chempionligi

    Para yengil atletikada yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija bilan Paralimpiada rekordini o‘rnatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

    E’tiborlisi, delegatsiya bayroqdori 3 karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi. Norbekov bungacha Rio—2016 va Tokio—2020 da ham tengsiz bo‘lgandi.

    Ushbu musobaqada ham o‘zbek muxlislari Parijni yana lol qoldirdi. Har bir musobaqada O‘zbekiston sportchilari o‘z uyida bahslarga kirayotgandek muhit yaratildi.

    Kecha, 8-sentyabr kuni musobaqaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi Paralimpiya bahslari o‘z yakuniga yetdi. 

    09.09.2024, 12:51   Izoh (0)   66019
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Diyora Keldiyorova Paralimpiya qatnashchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun Parijga yetib bordi

    06.09.2024, 11:45

    Paralimpiya. Temur G‘iyosov bronza medalini qo‘lga kiritdi

    06.09.2024, 17:03

    15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi 

    06.09.2024, 23:31

    Ro‘za Qo‘ziyeva ikkinchi bor Paralimpiya bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritdi 

    07.09.2024, 16:09

    Paralimpiya. Dovurxon Karomatov bronza medalni qo‘lga kiritdi

    07.09.2024, 21:11

    Parij—2024 Paralimpiya o‘yinlari medallar jamlanmasi: O‘zbekiston qaysi o‘rinni band etib turibdi?

    08.09.2024, 10:14

    Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining yopilish marosimida Makronga hushtakbozlik qilishdi

    09.09.2024, 17:39

    Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga avtomobil hamda uy sovg‘a qilindi 

    09.09.2024, 21:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.