Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ostona xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti bugun Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Izoh (0)