Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 8-sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston poytaxtida davlat rahbari beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari – YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Taʼkidlash joizki, ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Izoh (0)