Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Qashqadaryoda ikkita paxta to‘qimachilik klasteri 3 milliard so‘mdan ortiq asossiz daromad olganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishining oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan.
Xususan, monitoring kuzatuvlari davomida Qashqadaryo viloyatida “Chiroqchi-klaster” MCHJ va “Kitob ip yigiruv” AJlar tomonidan quyidagi qonun buzilishi holatlari aniqlangan:
Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Chiroqchi-klaster” MCHJ va “Kitob ip yigiruv” AJ tomonidan quyidagi holatlar aniqlangan:
- umumiy 8 ming 310 tonna mahsulotni birja savdolariga chiqarmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilishi;
- jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga mahsulotni qo‘ymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yish;
- mahsulotlar bo‘yicha jadvallarni belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik,
- birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar.
Yuqoridagilarga ko‘ra, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida ikkita klaster korxonalarda jami 3,2 milliard so‘m asossiz olingan daromadlar aniqlangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan klasterlarga nisbatan qo‘mita tomonidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan ortiqcha olingan mablag‘ni ixtiyoriy ravishda qaytarish va qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.
Izoh (0)