Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon yer maydonlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Unga ko‘ra, 29-avgust kuni soat 00:35 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon yer maydonlarida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 30 nafar qutqaruvchi hamda Burchmullo o‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar xodim jalb qilingan.
Yong‘in Bo‘stonliq tumani “Ma’rifat” MFY, Burchmullo o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda 1,5 gektar maydonda yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq o‘t va shoh-shabba yongan. Olib borilgan sa’y harakatlar natijasida yong‘in soat 01:50 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh (0)