Toshkent shahrida harakat vaqtida telefondan foydalangan avtobus haydovchisi uzr so‘radi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat ya’ni, haydovchining yo‘nalishda harakatlanish vaqtida telefondan foydalanish qoidabuzarligi mutaxassislar tomonidan real vaqt rejimida aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va yuqori turuvchi tashkilotlarga huquqiy baho berish uchun yuborilgan.
“Toshshahartransxizmat”ning Avtomatlashtirilgan tizimlar orqali avtobuslarning ishlarini monitoring va tahlil qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan avgust oyida avtobuslarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali avtobus haydovchilari tomonidan sodir etilgan 1284 ta turli qoidabuzarliklar va boshqa kriminogen vaziyatlar aniqlangan bo‘lib, barchasi qonuniy rasmiylashtrilgan hamda huquqni muhofaza qiliuvchi davlat organlariga taqdim etilgan.
Izoh (0)