Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz, qozoq va o‘zbekistonlik muxlislarning hamjihatligini qayd etdi.
“Xorijda sportchilarimiz o‘rtasida iliq tuyg‘ular, g‘alabalar quvonchini baham ko‘rgan, quchoqlashib, qo‘llab-quvvatlagan lahzalari uch xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, oilaviy rishtalar, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlaganiga qat’iy ishonaman.
Qirg‘iz, qozoq va o‘zbek xalqlarining o‘zaro hamjihatligi kelajakda ham mustahkamlanib boraversin”, — deydi Sadir Japarov Olimpiya sovrindorlarini taqdirlash marosimida.
Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini, Qirg‘iziston delegatsiyasi 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini, Qozog‘iston esa bitta oltin, 3 ta kumush hamda 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)