Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant havo hujumidan mudofaa tizimlarini boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan harbiy bazaga tashrif buyurdi. Vazirning aytishicha, mamlakat keskinlik avj olishini istamaydi, lekin “barcha variantlarga tayyorlanmoqda”.
U bu bayonotni HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya va Hizbullohning yuqori martabali qo‘mondoni Faud Shukr o‘limi haqidagi xabarlar fonida aytdi.
“Bugun Bayrutdagi operatsiya aniq va professional tarzda o‘tdi. Biz urushni qidirmayapmiz, balki barcha imkoniyatlarga tayyorlanyapmiz. Shuning uchun, biz ishimizni yuqori darajada bajarayotganimizda, siz shunga mos ravishda tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak”, dedi Yoav Galant.
Avvalroq Isroil rasmiylari “Hizbulloh” qo‘mondoni Faud Shukrning o‘limiga sabab bo‘lgan Bayrutga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan edi. 31-iyulga o‘tar kechasi HAMAS Tehronda harakatning Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘limi haqida e’lon qildi va bunda Isroilni aybladi.
Isroil hukumati esa HAMAS yetakchisining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh (0)