Fransiyaning Kulons shahri meri Daniel Marryer rasman yomg‘irni to‘xtatishni buyurdi. Hudud rahbari tegishli farmon chiqardi, deya Le Figaro nashri xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 15-iyuldan boshlab yomg‘irlar to‘xtatilishi shart. Oktyabr oyining oxirigacha yog‘ingarchilik o‘rniga shaharda yengil shamollar bilan quyoshli ob-havo bo‘lishi kerak.
Farmonni amalga oshirish uchun Fransiyaning shimoliy qismidagi ruhoniylar va cherkovlar rektorlari mas’uldirlar. Shahar hokimi ularga hujjat mazmunini ob-havo yaxshi bo‘lishini ta’minlay oladigan “yuqori kuchlar”ga yetkazishni topshirdi, deyiladi xabarda.
Fransuz meri noodatiy farmon chiqarish qarorini uzoq davom etgan noqulay ob-havo sharoitida shahar aholisining kayfiyatini ko‘tarish istagi bilan izohlagan.
Men o‘zimga hozir odamlarga tabassum hadya qilishning ayni vaqti, deb aytdim, deydi Marryer.
Izoh (0)