Andijon tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Andijon tuman bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro O‘.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Qoraqalpoq” MFYdagi xonadonida 14 ta to‘plamdagi “Bitmain” mayning kripo-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin Toshkent shahar Yangihayot tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlangani, Samarqandda mayning ferma tashkil etgan shaxs 91 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)