Fransiya terma jamoasi va Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann Yevro—2024 yarim finali doirasidagi Fransiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda zaxirada qolish xavfi bor. Bu haqda Fransiyaning L’Equipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ispaniya bilan yarim finalda Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ilk daqiqalardan qanot yarim himoyachisi Usmon Dembele xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirgan, Grizmann esa o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi kutilmoqda. Qayd etilishicha, Usmon bilan hujum uchligi Kilian Mbappe va Randal Kolo Muani harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Madridning “Atletiko” klubi futbolchisi chorak finalda Portugaliya bilan uchrashuvda (0:0, 5:3 penaltilar) maydonga tushgan edi, biroq 67-daqiqadayoq uning o‘rnini Usmon Dembele egalladi. Eslatib o‘tamiz, Grizmann terma jamoaning Yevroda o‘tkazgan barcha beshta o‘yinida qatnashdi, ammo hech qanday samarali harakat amalga oshirmadi.
Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi 9-iyul kuni Myunxendagi “Alyans Arena” stadionida o‘tkaziladi. Yarim finalning ikkinchi o‘yinida Angliya terma jamoasi Gollandiya bilan o‘ynaydi.
Izoh (0)