• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Farzand Maslahatlar

    Bolalardan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan samaradorlikni oshirishning 5 usuli

    Professional pedagoglar, yaxshi ustoz va murabbiylar nigohida pozitivlik, kundalik narsalardan zavqlanish qobiliyati borligini payqaganmisiz? Balki buning sababi pedagoglar nafaqat bolalarga ilm berishi, balki ulardan ham ko‘p narsani o‘rganishidadir? Biz qanchalik katta hayotiy tajribaga ega ota-ona bo‘lmaylik, farzandlarimizdan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ko‘plab jihatlar mavjud.

    1. Doimo yangi narsalarni o‘rganishga harakat qiling

    Foto: iStock

    Yosh bolalar bilimga chanqoq bo‘lishadi, bu bola tabiatining ajralmas qismidir. Ular faol harakat qiladilar, atrofida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni diqqat bilan kuzatadilar va taassurotlarini batafsil eslab qoladilar. Shu yo‘l orqali bola atrofdagi dunyo tuzilishi haqida o‘z nazariyalarni shakllantira boshlaydi.

    Kattalar odatda yangi bilimlarni qanday o‘rganish yoki biror hodisani tushunish haqida emas, balki ma’lum vazifani qanday bajarish haqida ko‘proq o‘ylaydi. Biz kattalar o‘yinchoq bilan nima qilish kerakligi aytilgan va endi o‘z tasavvurimizni ishga solishga muhtoj bo‘lmagan bolaga o‘xshaymiz. Shuning uchun yangi narsalarni o‘rganishga motivatsiya yetishmaydi. Bunday holatlarda o‘zingizga dunyoda millionlab noma’lum bilimlar va ajoyibotlar borligini eslatib qo‘ying. Farzandingizdagi odatiy predmetlarga ham yangicha qaray olish istagidan ilhom oling.

    2. Izlanishdan to‘xtamang

    1933-yilda amerikalik hamshira Garriet Jonson bolalar kubiklarni qanday o‘rganishini tasvirlab berdi. Ular yoshidan qat’i nazar birinchi navbatda kubik tuzilishi va vaznini tekshiradi, qo‘l bilan aylantiradi. Bolalar kubikdan biror narsa yasashga shoshmaydi, balki o‘yinchoqni o‘zlari bilan olib yuradi va kubik haqida yetarli ma’lumot to‘plab bo‘lgachgina undan uychalar yasay boshlaydi.  

    Bundan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: muammoni hal qilish yo‘lini tanlashdan avval uni batafsil o‘rganish foydalidir.

    3. Fantaziyani ishga soling

    Foto: Parents.ru

    Dizayn va jamoaviy ishlash bo‘yicha mutaxassis Tom Vuyets muntazam ravishda mahorat darslarini boshlashdan avval ishtirokchilarga noodatiy topshiriqlar beradi. Masalan, shunday darslardan birida o‘n sakkiz daqiqa ichida bir nechta ishtirokchidan iborat har bir jamoa zefirni tepada ushlab turadigan barqaror spagetti minorasini qurish topshirig‘i berildi. Minora qanchalik baland bo‘lsa, shuncha yaxshi. Vuyetsning so‘zlariga ko‘ra, ushbu topshiriqni kattalar emas, balki maktabgacha yoshdagi bolalar yaxshiroq bajaradi.

    Buning sababi har qanday savol va muammoga turlicha yondashuvdadir. Kattalar odatda biror topshiriqni bajarish uchun unga mas’ul bo‘lgan yetakchi kishini tanlaydi, rejalar muhokama qilinadi va mas’uliyatlar bo‘linadi. Eng asosiysi, kattalar muammoni hal qilishda faqatgina o‘tmishdagi tajribasiga tayanadi.

    Yuqoridagi misolda ham kattalardan iborat jamoa avval mavjud bo‘lgan obyektni — Eyfel minorasini qurishga qaror qildi. Ammo makaron va zefirdan iborat minora uchun bunday yechim doim ham to‘g‘ri kelmasligi hamda mutlaqo nostandart fikrlashni talab etishi lozim edi.

    Bolalar hali aytarli tajribaga ega bo‘lmagan insonlar, ular uchun bunday masala noodatiy va yangidek tuyulmaydi, ular ilgari ko‘rgan minoralarni takrorlash bilan cheklanmaydi. Zaxirada standart yechimlarga ega bo‘lmagan bolalar kattalarning xayoliga ham kelmaydigan ajoyib binolarni o‘ylab topadilar.

    Xulosa qilganda, g’ayrioddiy masala yoki muammoga duch kelganingizda unga o‘zgacha nigoh bilan boqishga va fantaziyani ishga solgan holda noodatiy yechimni izlab topishga urinib ko‘ring.

    4. Tasavvuringiz imkoniyatlaridan foydalaning

    Foto: Adobe Stock

    Bolalar nafaqat mavjud predmet va o‘yinchoqlardan g‘ayrioddiy usulda foydalana oladi, balki o‘yin davomida biror yangilikni o‘ylab topadi. Masalan, to‘rtburchak shakldagi predmetni ko‘rib qolgan yosh bolakay uni telefon sifatida o‘ynay boshlaydi va “go‘shak”ni quloqqa tutadi. Yoki bolalar bir muddat biror hayvonga aylanadi. Bir qarashda bularning bari ahamiyatsizdek tuyular, ammo aynan shu jihat ijodkorlikning ayni belgisidir.

    Bola tasavvurlari va ijodkorligini oshirish kelajakda yangi innovatsiyalar yaratilishiga olib keladi. Keng va boy tasavvur orqali bola resurslari cheklangan bo‘lishiga qaramay noodatiy o‘yinlar o‘ylab topadi.

    Bundan qanday xulosaga kelish mumki?

    Kattalar biror qiyinchilikka duch kelganda ko‘pincha asosiy e’tibori mavjud to‘siqlarga qaratiladi. Albatta, imkonsiz bo‘lgan narsa uchun energiya sarflashdan ma’no yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, turli to‘siqlarga uchraganda bolalardek o‘ylashga harakat qilib ko‘ring va barchasi albatta yaxshi bo‘ladi, deya pozitiv fikr va xayolni real hayotda tatbiq eting.

    5. So‘ralmagan yordamdan bosh tortmang

    Tasavvur qiling, bog‘cha yoshidagi bola yo‘qolib qolgan o‘yinchog‘ini izlamoqda. Tarbiyachi o‘yinchoqning qayerdaligini bilmasa ham, uni qidirishga yordam berdi. Bolaga divan tagini qarab ko‘rishni yoki biror burchakni tekshirishni so‘radi. Aynan shunday o‘rganish daqiqasida tajribali insonlar yordami orqali yangi bilimlarga ega bo‘lish (o‘yinchoqni qayerdan izlash) imkoniyati beriladi.

    Biz kattalar ishda avval duch kelmagan muammo va vazifalarni bajarishimizga to‘g‘ri keladi. Muammolarga odatda hozirgi rivojlanish darajamiz bilan yondashamiz va bizga yordam kerak emasdek tuyuladi. Boshqalar taklif etgan keraksiz maslahatlar hatto jahlimizni chiqaradi ham. Ammo hamkasblar yoki rahbarlarning aynan shunday davrda bergan maslahatlari bizning rivojlanish darajamizni oshirishi mumkin. Shuning uchun so‘ralmagan yordam taklifini rad etishga shoshilmang.

    03.07.2024, 17:46   Izoh (0)   5291
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoycha tarbiya: ota-onalar farzandlarining ta’lim-tarbiyasi ustida qanday ishlaydi?

    21.02.2023, 10:26

    Farzandingizni zudlik bilan boshqa maktabga o‘tkazish kerakligini anglatuvchi holatlar

    05.04.2024, 13:35

    Farzandingizning millioner bo‘lishini xohlaysizmi: zamonaviy ota-onalar uchun 4 ta foydali maslahat

    08.04.2024, 09:40

    “Boshqotirma” multfilmi uslubida qurilgan real uyga sayohat (foto)

    03.07.2024, 16:55

    Zendaya fenomeni. Qanday qilib oddiy qiz Gollivudning mashhur yulduziga aylandi?

    03.07.2024, 13:33

    AQShlik erkak avtomobil eshigi barmog‘ini uzib yuborgani uchun BMW kompaniyasini sudga berdi

    03.07.2024, 11:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.