Qarshi davlat universitetida 22-iyun kuni soat 08:30 larda talaba qiz pichoqlandi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Viloyat prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fuqaro M.E o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Qarshi davlat universiteti talabasi fuqaro S.T. bilan universitet hududida o‘zaro janjallashib, uning tanasini turli sohalariga o‘zi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng fuqaro M.E. o‘zining qorin bo‘shlig‘iga pichoq sanchib, o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda. Gumonlanuvchi shaxs ushlangan.
Izoh (0)