O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov Madrimov—Krouford kardida jang qilishi mumkin.
Professional boksda mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 3-avgust kuni o‘tkazadi.
“Daryo” sportchi bilan aloqada bo‘lib, jang tafsilotlari haqida so‘radi.
G‘iyosovning ta’kidlashicha, u ushbu jang kechasida qatnashishga tayyor. Ammo unga hali raqib topilganicha yo‘q.
Shahram so‘nggi jangini fevral oyida Pablo Sezar Kanoga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.
Avgust oyida bo‘lib o‘tadigan turnirning markaziy jangida Isroil Madrimov o‘ziga tegishli WBA kamarini P4P reytingi peshqadami Terens Krouforddan himoya qiladi.
Izoh (0)