Daryo

Shahram G‘iyosov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Shahram G‘iyosov meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi ringga ko‘tarildi

1 daqiqa o‘qish80 598 ko‘rishlar0 izoh0

Bugun, 25-fevral tongida AQSHning Orlando shahrida boks oqshomi tashkil etildi. Ushbu professional boks oqshomining 2-markaziy jangida yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi ringga ko‘tarildi.

Foto: DAZN

Ushbu jang 12 raund etib belgilangan, ammo jangning 11-raundi yakunlangan paytda Sezar Kano jarohat olib, jangni davom ettira olmadi. Hakamlar ushbu uchrashuvning g‘olibini ochkolar hisoblash evaziga aniqlashdi. Uchta hakam ham G‘iyosovning g‘alabasini e’tirof etdi.  Shu tariqa yurtdoshimiz o‘zining 15-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu jang g‘olibi WBA kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi. 

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar