Italiya moliyaviy politsiyasi “Roma”, “Inter”, “Napoli” jamoalarining 12 ta transferi bo‘yicha ish ochdi.
Football Italia nashrining xabariga ko‘ra, Rim prokuraturasi kerakli hujjatlarni, “Inter”ga oidlarini Milan prokuraturasiga, “Sassuolo”ga oidlarini Modenaga, “Atalanta”ga oidlarini Bergamoga yuborgan.
Bu hujjatlarning barchasi moliyaviy firibgarlikka oid. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili xuddi shu vaziyat sababli “Yuventus”dan 10 ochko olib qo‘yilgandi.
Moliyaviy firibgarlik bo‘yicha 2017-yildan 2021-yilga qadar amalga oshirilgan 12 ta transfer shubha ostiga olingan.
Bular: Greguar Defrel (“Sassuolo”dan “Roma”ga), Rikkardo Markissa (“Roma”dan “Sassuolo”ga), Davide Frattezi (“Roma”dan “Sassuolo”ga), Nikolo Zaniolo (“Inter”dan “Roma”ga), Davide Santon (“Inter”dan “Roma”ga), Raja Nainggolan (“Roma”dan “Inter”ga), Brayan Kristante (“Atalanta”dan “Roma”ga), Marko Tumminello (“Romi”dan “Atalanta”ga), Leonardo Spinassola (“Atalanta”dan “Roma”ga), Luka Pellegrini (“Roma”dan “Yuventus”ga), Kostas Manolas (“Roma”dan “Napoli”ga) va Amadu Diavara ( “Napoli”dan “Romaga”).
Naingolanning “Roma”dan “Interga”ga o‘tgani bunday moliyaviy “o‘yin”ning yorqin misoli. Kelishuvga binoan klub Santon va Zanioloning xizmatlarini va 38 million yevroni “Inter” klubiga o‘tkazishi kerak bo‘lgan. Klubning transferdan olgan foydasi 31 million qilib ko‘rsatilgan. Vaholanki, ushbu transferdan g‘aznaga 24 million foyda kelgan.
Izoh (0)