O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-aprel oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 325 ta yuridik shaxs tomonidan 362,1 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan 74,7 mlrd so‘mi, yaʼni 20,6 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ularning jami tovar aylanmasi 921,3 mlrd so‘mni tashkil etgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 16,3 mlrd so‘m.
Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 29,7 mlrd so‘m;
- JSHODS - 21,6 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i – 18,1 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 5,3 mlrd so‘m.
Avvalroq O‘zbekistonda savdo sohasidagi korxonalar yanvar-aprel oylarida oyda 8 trillion so‘mga yaqin soliq to‘lagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)