Sut o‘ziga xos injiq mahsulot bo‘lib, barcha oziq-ovqat turi bilan ham mos kelavermaydi. Ushbu ichimlikni qanday turdagi mahsulotlar bilan birga iste’mol qilish mumkin emasligini ko‘rib chiqamiz.
Qahva
Diyetologlarning ta’kidlashicha, kofeinning samarasi oqsil ta’sirida neytrallashadi. Shu sabab ham ushbu ichimlik bilan tetiklashishni istaganlarga uning o‘zini, hech narsa qo‘shmasdan ichish tavsiya qilinadi. Yo‘qsa, oshqozon uning hazm bo‘lishi uchun ortiqcha energiya sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Choy
Ko‘pchilik nonushtaga shirchoy yoki ko‘k choyga sut qo‘shib ichishni yaxshi ko‘radi. Lekin sut ta’sirida choyning antioksidantlik xususiyati kamayadi va organizmga foydasi bo‘lmaydi.
Dengiz mahsulotlari
Hayvonlardan olinadigan bu ikki mahsulot o‘zaro moslashmaydigan oziq-ovqatlar sirasiga kiradi. Dengiz mahsulotlarini iste’mol qilganda oshqozonda oqsilning me’yordan oshib ketishi kuzatiladi. Organizmga og‘irlik qilgani hisobiga oshqozon ichak trakti va buyraklar zo‘riqishi mumkin.
Sabzavotlar
Ovqat hazmi jarayoni bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligi uchun nafaqat bodring, balki pomidor, qovoqcha, brokkoli va sabzini ham sutdan alohida iste’mol qilish kerak.
Go‘sht
Yuqorida ta’kidlanganidek, oqsilning boshqa bir oqsil bilan qo‘shilishi hazm jarayonida muammolar keltirib chiqaradi. Ammo nordon sut mahsuloti hisoblangan smetana bilan go‘shtni qo‘shib yesa bo‘ladi.
Sut oshqozondagi suyuqlik ta’sirida har qanday boshqa mahsulotning hazm bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan tvorogga o‘xshash aralashmaga aylanadi. Shu sabab ham sutni kun davomida ovqatlanishdan ikki soat avval yoki keyin bir stakandan ko‘p ichmaslik kerak.
Izoh (0)