Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorida genotsid sodir etgan shaxs sifatida tarixga kiradi. Bu haqda Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Anadolu.
Janob Netanyaxu, siz genotsid sodir etgan jinoyatchi sifatida tarixda qolasiz. Minglab begunoh bolalar, ayollar va qariyalar ustiga bomba tashlash sizni qahramonga aylantirmaydi. Siz Yevropada millionlab yahudiylarni qirganlar qatorida bo‘lasiz. Genotsid din bilan bog‘liqmi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, genotsiddir. Hech bo‘lmaganda davom etayotgan qirg‘inni to‘xtating. Men antisemit emasman va insoniyatning dushmani ham emasman, agar G‘azo o‘lsa, insoniyat ham o‘ladi, — deb yozdi siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘ida.
Gustavo Petroning taʼkidlashicha, “Falastin xalqining genotsidini natsistlar davrida Yevropadagi yahudiy xalqining genotsidi kabi qabul qilib bo‘lmaydi”.
Avvalroq Netanyaxu Kolumbiya prezidentini “HAMAS tarafdori” deb atagan va uni antisemitizmda ayblagandi.
U HAMAS tarafdori va antisemit, u bizga saboq bera olmaydi, — degan edi Isroil bosh vaziri.
Kolumbiya 3-may kuni Isroil bilan diplomatik aloqalarini uzganini rasman e’lon qildi. Bogota bu qadamni Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzi munosabati bilan amalga oshirgan.
Izoh (0)