• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari so‘zining avvalida Rossiya prezidenti lavozimiga kirishgani munosabati bilan Vladimir Putin nomiga yo‘llangan samimiy qutlovlar va ezgu tilaklarga qo‘shilishini bildirdi.

    Saylovchilar yuqori faollik bilan ishtirok etgan mazkur saylovlarda erishgan ishonchli g‘alabangiz ko‘pmillatli Rossiya xalqining Sizga bo‘lgan yuksak ishonchini, Siz olib borayotgan siyosat va mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli dasturlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor namoyon etdi.

    Sizga kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

    Ushbu majlisda ishtirok etayotgan barcha hamkasblarimizni muhim sana – fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 79 yilligi hamda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tashkil etilganining o‘n yilligi bilan qutlayman.

    Bugun tongda Moskvaga uchishdan oldin men Ikkinchi jahon urushida qatnashgan faxriylarimiz bilan uchrashdim. Ming afsuski, ularning soni yildan-yilga kamayib bormoqda. Ular sizlar orqali urush va front ortida mehnat qilgan barcha faxriylarga samimiy tabriklarini, birodar xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq so‘rab, bildirgan tilaklarini yetkazishni iltimos qilishdi.

    Sizlarga ulkan mamnuniyat bilan faxriylarimizning iltimosini yetkazaman.

    Hurmatli majlis ishtirokchilari!

    Hozirgina hamkasblarimning nutqlarida dunyodagi bugungi murakkab vaziyatga baho berildi, zamonaviy tahdidlarni bartaraf etish uchun hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    Yuzaga kelgan hozirgi sharoitda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda o‘zaro investitsiyalarning o‘sishi uchun sharoit yaratish birinchi darajadagi vazifa, deb hisoblayman.

    O‘tgan oyda Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tgan an’anaviy “Innoprom” xalqaro ko‘rgazmasi bunday hamkorlikka yorqin misoldir. Ko‘rgazmada mamlakatlarimizning ikki mingdan ortiq yetakchi korxonalari qatnashdi, yangi kooperatsiya loyihalari bo‘yicha yuzlab kelishuvlarga erishildi.

    Bugungi kunda ushbu xalqaro forum O‘zbekistonning Rossiya va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo boshqa davlatlar bilan biznes sohasidagi muloqotlarini rivojlantirishda samarali platformaga aylandi. Biz ushbu muloqot maydonini yanada kengaytirish, ishtirokchilar sonini oshirish, jumladan, Kuba, Eron, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Mo‘g‘uliston, Vyetnam va Indoneziya kabi hamkor mamlakatlar kompaniyalarini bu jarayonga jalb etish niyatidamiz.

    Umuman, O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomidagi uch yillik hamkorligi davrida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 60 foizga oshdi. Bunga, avvalambor, sanoat mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘paytirish hisobidan erishildi. Ayni vaqtda milliy valyutalardagi hisob-kitoblar ulushi ortib bormoqda.

    Mingdan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar ishga tushirildi. Yuk tashish hajmi o‘smoqda, muntazam aviaqatnovlar soni ikki barobar ko‘paydi.

    Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan birgalikda yuqori darajadagi Ishchi guruhning uchta yig‘ilishi o‘tkazildi, Qo‘shma hamkorlik rejasidagi tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.

    Biz, shuningdek, savdo va yuk tashishni raqamlashtirish, elektron tijorat, iqlim o‘zgarishi sohalaridagi tarmoqlarga oid loyiha va dasturlarga ham qo‘shildik.

    Muhtaram hamkasblar!

    Mamlakatimizning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishga ruxsat bergaysiz.

    Birinchidan, O‘zbekiston YIIni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari doirasida amaliy sheriklikni kengaytirish va tarmoqlarda ko‘p tomonlama hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda yanada faol ishtirok etishdan manfaatdor.

    Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida o‘rta muddatdagi istiqbolga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlarning yangi kompleks rejasini tayyorlashni taklif etamiz.

    Ishonchim komilki, kuzatuvchi davlatlarning loyihalarda to‘laqonli ishtirok etishini tartibga soladigan mexanizmning tezroq qabul qilinishi ushbu hujjatni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

    Ikkinchidan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro savdo-sotiqdagi to‘siq va cheklovlarni birgalikda bartaraf etishga tayyor ekanimizni tasdiqlaymiz.

    2009-yilda qabul qilingan Tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalariga O‘zbekistonning qo‘shilish jarayoni boshlandi.

    Bojxona chegaralarimiz orqali olib o‘tiladigan tovar va transport vositalari haqidagi ma’lumotlarning elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazorati borasidagi axborot tizimlarini integratsiya qilish, texnik jihatdan tartibga solish choralarini o‘zaro moslashtirish va elektron sertifikatlashni qo‘llash rejasini qabul qilish ushbu yo‘nalishdagi aniq amaliy qadamlar bo‘lishi mumkin.

    Uchinchidan, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlari bilan bog‘lovchi Shimol–Janub transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirish muhimdir.

    Shu borada transport idoralari rahbarlarining Termiz shahrida aprel oyida bo‘lib o‘tgan Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston multimodal marshrutini rivojlantirish bo‘yicha birinchi uchrashuvi samarali bo‘lganini mamnuniyat bilan ta’kidlaymiz.

    Mamlakatlarimiz o‘rtasida tranzitga doir tartib-taomillarni soddalashtirish maqsadida joriy etilayotgan YII bojxona tranzitining yagona tizimi bilan Raqamli hamkorlik bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish tarafdorimiz.

    To‘rtinchidan, sanoat kooperatsiyasi sohasidagi loyihalar va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini kelgusida ham faol qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz.

    Bu yo‘nalishda, mamlakatlarimiz hududlarida birgalikda yaratilayotgan sanoat zonalari va texnoparklarda yangi quvvatlarni joylashtirishni nazarda tutgan holda, alohida “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni taklif qilaman. Bunday loyihalarga biznesni keng jalb etish masalalarini joriy yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va YII Ishbilarmonlik kengashining birinchi uchrashuvida ko‘rib chiqish mumkin.

    Bundan tashqari, Birlashma doirasida sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus mexanizm imkoniyatlaridan foydalanishdan ham manfaatdormiz.

    Beshinchidan, quyidagi muhim yo‘nalishlarda ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan hamkorlikni kengaytirish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

    — Yevrosiyo Agroekspressini rivojlantirish, “yashil” va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash;

    — iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalarida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish va yaqin hamkorlik qilish. Bunda tegishli Ishchi guruhining navbatdagi majlislaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etamiz;

    — mamlakatlarimizda mehnat migrantlari faoliyati uchun raqamli platformalarga ulangan holda, qulay sharoit va ijtimoiy kafolatlarni shakllantirish;

    — sayyohlar almashinuvini keskin oshirishga qaratilgan qo‘shma turistik dastur va mahsulotlarni ishlab chiqish.

    Ushbu yo‘nalishlarning barchasi hamkorlikning o‘rta muddatdagi istiqbolga mo‘ljallangan yangi Rejasida o‘z aksini topishi mumkin, deb hisoblayman.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    So‘zimning yakunida Rossiya Federatsiyasi prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga an’anaviy do‘stona va iliq qabul uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

    Ishonchim komilki, ushbu uchrashuvimiz natijalari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni mustahkamlash yo‘lida yana bir amaliy qadam bo‘ladi.

    E’tiboringiz uchun rahmat.

    08.05.2024, 23:20   Izoh (0)   4552
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi (foto)

    08.05.2024, 13:43

    Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurdi

    08.05.2024, 16:26

    “Urush va mehnat faxriylariga cheksiz tashakkur izhor etamiz” — prezident 9-may munosabati bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

    08.05.2024, 15:40

    Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinadi

    08.05.2024, 22:45

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    08.05.2024, 22:30

    Qo‘shmachilik, OITS yuqtirishga urinish va farzandlar sog‘inchi. Panjara ortida jazo muddatini o‘tayotgan ayol nadomatlari (video)

    08.05.2024, 22:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.