• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Rekordlarni sevuvchi, Karlsenni ogohlantirgan, eng yosh grossmeysterga aylangan Nodirbek Abdusattorov

    Shaxmat tarixida faqat bir nechta grossmeysterlar 20 yoshga to‘lgunga qadar dunyoning kuchli beshligidan joy olishga muvaffaq bo‘lgan.

    Foto: Chess

    Yaqindagina ushbu muvaffaqiyatga erishgan Nodirbek Abdusattorov Chess.com muxbiri bilan suhbatda shaxmat vunderkindidan superyulduzigacha bo‘lgan yo‘li haqida gapirib berdi.

    Aprel oyidagi reytingni hamon Fabiano Karuanadan 27 reyting ochko oldinda bo‘lgan Magnus Karlsen boshqarmoqda. Hikaru Nakamura uchinchi o‘rinda.

    To‘rtinchi o‘rinni egallab turgan Abdusattorov bir urinishda 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, birinchi marta dunyoning kuchli 10 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi. U Nakamuradan 24 ochkoga ortda qolmoqda, ammo u allaqachon jahon chempioni Ding Lijendan uch ochko oldinda.

    Foto: FIDE

    Abdusattorov 2024-yilni Veyk-an-Zidagi turnirda muvaffaqiyatli o‘tkazdi va o‘z reytingini yana 15 ochkoga oshirdi, bundan tashqari Pragada musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

    Chess.com tadqiqoti Abdusattorovning yutug‘i naqadar noyob ekanligini ko‘rsatadi. Undan oldin atigi besh nafar shaxmatchi 20 yoshigacha dunyoning kuchli beshligidan joy oldi: Garri Kasparov (1982), Aleksey Shirov (1992), Vladimir Kramnik (1994), Magnus Karlsen (2010) va Alirizo Feruja (2021).

    19 yoshida reytingning yettinchi pog‘onasiga chiqqan Karuana, endigina 16 yoshida sakkizinchi o‘rinni egallagan Gata Kamskiy, 18 yoshida sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilgan Veselin Topalov va 20 yoshga to‘lishidan biroz oldin jahon reytingida oltinchi pog‘onaga ko‘tarilgan Vasiliy Ivanchukni ham alohida ta’kidlash joiz.

    Foto: Chess

    Abdusattorov suhbatdoshidan bu rekord haqida bilib, jilmayib qo‘ydi: “Ushbu natija meni hayratda qoldirdi. Bu ajoyib yutuq, shu bilan birga katta mas’uliyat ham. Men yangi bosqichga ko‘tarildim va bu yerda ekanligimdan xursandman”.

    Abdusattorov reytingda kuchli beshlikka kirganini faoliyatidagi katta qadam deb hisoblaydi, biroq u erishgan yutuqlari bilan to‘xtab qolmoqchi emas, Nodirbek bu hali boshlanishi ekanligini aytdi. “Men ko‘proq narsaga erishish uchun qo‘limdan kelganini qilaman, lekin menga buning uchun vaqt kerak”.

    Abdusattorov rekordlar yo‘lida

    Abdusattorov o‘zining qisqa faoliyati davomida ko‘plab rekordlarni yangiladi. U 17 yoshida 2021-yil Varshavada bo‘lib o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘lib, eng yosh jahon chempioniga aylandi.

    O‘zbekistonlik grossmeyster, shuningdek, atigi o‘n yarim yoshida 2400 Elo darajasiga erishgan tarixdagi eng yosh shaxmatchi hisoblanadi. Nodirbek Abdusattorov 11 yoshida 20 yoshgacha bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 100 nafar shaxmatchilar qatoriga kirgan eng yosh shaxmatchiga aylandi.

    Foto: Chess

    “Bu o‘ziga xos musobaqa. Men doim rekord o‘rnatishni orzu qilaman. Vazifaning qiyinligi motivatsiyamni oshiradi. Bolaligimda tarixdagi eng yosh grossmeyster bo‘lishga intilganman. Grossmeyster bo‘lganimdan keyin o‘z oldimga maqsad qo‘yganman: 2700 Elo reytingiga erishish. Har safar yangi maqsadni tanlaganingizda, o‘zingizni ruhlantirasiz”,— deydi Nodirbek Abdusattorov.

    Bu o‘ziga xos musobaqa. Men doim rekord o‘rnatishni orzu qilaman. Vazifaning qiyinligi motivatsiyamni oshiradi.
    —Nodirbek Abdusattorov

    Abdusattorov 9 yoshida kuchli grossmeyster ustidan g‘alaba qozongan

    Abdusattorovning rekordlar sari yo‘li 2012-yilda, u 8 yoshgacha bo‘lgan jahon chempionati g‘olibi bo‘lganida boshlangan. Ikki yil o‘tib, to‘qqiz yoshida bir turnirda ikki grossmeysterni mag‘lub etib, shaxmat jamoatchiligi e’tiborini tortdi.

    2014-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan turnirda reytingi 2600 balldan yuqori bo‘lgan grossmeyster Andrey Jigalko ustidan qozonilgan g‘alaba ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Sababi grossmeyster Nodirbek bundan oldin g‘alaba qozongan shaxmatchilar ichida eng kuchlisi edi.

    “2600 lik reytingdagi shaxmatchi bilan birinchi uchrashuv juda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Ungacha men taxtada kuchli grossmeyster bilan uchrashish imkoniga ega emasdim. Men birinchi partiyadayoq reytingi 2600 dan yuqori bo‘lgan shaxmatchi ustidan g‘alaba qozondim. O‘zim ham bunga ishona olmasdim! O‘sha paytda qanday natijaga erishganimni tushunmagan edim. Bu alohida natija bo‘lgan”, — deydi Nodirbek.

    O‘zim ham bunga ishona olmasdim! O‘sha paytda qanday natijaga erishganimni tushunmagan edim. Bu alohida natija bo‘lgan.

    — Abdusattorov to‘qqiz yoshda olti 2600 reytingiga ega shaxmatchi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida

    Nodirbek Abdusattorov Karlsen bilan uchrashuv haqida: u mening kumirim

    Abdusattorov Karlsen haqida ilk bor qanday bilganligi haqida gapirib beradi: “Men Magnus haqida umuman bilmasdim, ismini ham eshitmagan edim, faqat chempion Vishi Anand ekanligini bilardim. 2013-yilgi nomzodlar turniri paytida u haqda bildim, o‘sha paytda sakkiz yoshda edim. Magnusning jahon chempionidan ham yuqoriroq reytingda ekanligini bildim va bu meni hayratda qoldirdi”.

    Vishiga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonib, Magnus ancha kuchli ekanini ko‘rsatdi.

    2015-yil Abdusattorov uchun g‘alabalar yili bo‘ldi. Uning reytingi atigi bir oy ichida 2263 dan 2465 Elo ballgacha ko‘tarildi. O‘sha yili u Qatarda bo‘lib o‘tgan turnirda qatnashib, o‘sha davrning eng kuchli shaxmatchilari o‘yinini birinchi marta o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.

    Abdusattorov bu haqda shunday deydi: “Men ularni birinchi marta ko‘rdim va har bir shaxmatchiga og‘zim ochilib qaradim, bu menda ajoyib taassurot qoldirdi!”

    From running behind Magnus Carlsen in a football field (in Qatar 2015) to now holding him to a draw, Nodirbek Abdusattorov has come a long way. Magnus Carlsen began the World Blitz 2019 with 5.0/5, this 15-year-old youngster finally stopped him!

    Photo: Amruta Mokal pic.twitter.com/XHGhiOy55d

    — ChessBase India (@ChessbaseIndia) December 29, 2019

    Abdusattorov futbol maydonida o‘zining kuchi va tezligini ko‘rsatdi. O‘sha o‘yinda Nodirbek gol urganini va hozir ham futbol o‘ynab turishini aytib o‘tdi.

    U turnirda g‘olib chiqqan Karlsen bilan suratga tushdi: “Biz suhbatlashmadik, lekin hech bo‘lmaganda suratga tushganimdan xursand bo‘ldim”.

    Abdusattorovning o‘zi o‘sha paytda superyulduzga aylangani va muxlislar u bilan selfi tushmoqchi bo‘lganini esladi. O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi raketadek havoga ko‘tarildi.

    Foto: Chess

    U 13 yoshida shaxmat tarixidagi oltinchi eng yosh grossmeysterga aylandi va 15 yoshida 2600 Elo chegarasidan o‘tdi. U birinchi marta 2019-yilda blits bo‘yicha jahon chempionatida Karlsen bilan qora rangdagi donalar bilan durang o‘ynagan.

    2021-yili Rapid bo‘yicha jahon chempionatida Abdusattorov Karlsenga qarshi muhim o‘yinda g‘alaba qozondi va keyinchalik jahon chempioni bo‘ldi. 2023-yilda Tata Steel Chess Tournament’da 16-jahon chempioniga qarshi birinchi klassik o‘yindagi g‘alaba Abdusattorovni norvegiyalik bilan klassik uchrashuvlarda ijobiy natija qayd etgan yagona shaxmatchiga aylantirdi.

    “Bu turnir tez orada dunyoning eng kuchlilaridan biriga aylanishimni ko‘rsatdi. Bolalik tugadi. Men katta bo‘lishim va shaxmatga jiddiyroq yondashishim kerak edi. Hozir hammasi juda-juda jiddiy.

    Foto: Chess

    Bir paytlar Karlsenga qarshi hech bo‘lmaganda bitta klassik o‘yin o‘tkazishni orzu qilardim. Hozir biz har bir yirik turnirda uchrashamiz. Hammasi birdaniga va kutilmaganda o‘zgardi. Menga Karlsen bilan o‘ynash juda yoqadi, lekin biz raqibga aylanib bormoqdamiz”.

    Abdusattorov dunyoning eng kuchli shaxmatchisini ogohlantirdi: “Magnus... dunyodagi eng kuchli shaxmatchi bo‘lib turgani ko‘rinib turibdi, lekin bizning avlod yaqinlashib kelmoqda. Magnusga birinchilikni saqlab qolish qiyin bo‘ladi”, — deydi dunyoning 4-raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov.

    Bizning avlod yaqinlashib kelmoqda. Magnusga birinchilikni saqlab qolish qiyin bo‘ladi.

    Nodirbek Abdusattorov

    Karlsen Abdusattorov haqida: “Yuz foiz ishonchim komil emas”

    Karlsenning fikricha, yosh shaxmatchilar, jumladan Abdusattorov ham uning darajasiga yetishi uchun hali ko‘p ish qilishi kerak.

    “Men ularning hech biri hali mening darajamga yaqin emas deb o‘ylayman. Bu unchalik oson emas”, — dedi Karlsen yaqinda bo‘lib o‘tgan podkastda.

    Sobiq jahon chempioni Abdusattorovning chidamliligi va tartib-intizomini, shuningdek, eng yomon pozitsiyalarda ham himoyalana olishini maqtagan edi, lekin u Firuzjani yuqoriroqqa qo‘yadi.

    Foto: Chess

    “Shubhasiz, Alirizo iqtidorliroq, lekin uning faoliyati Nodirbek Abdusattorovnikidan ko‘ra muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonchim komil emas. Lekin men Abdusattorovga hali ham 100 foiz ishonmayman. Men dunyoning eng kuchlisi bo‘lish haqida gapiryapman, eng kuchlilaridan biri emas. Hozircha biror narsa deyish qiyin”, — degan edi Karlsen.

    Abdusattorov dunyoning eng kuchlisi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, noma’lum, ammo uning bugungi muvaffaqiyatlari ko‘p narsadan darak beradi.

    *Elo reytingi bu — har bir shaxmatchining barcha o‘yinlaridagi natijalarini aks ettiruvchi raqam. Reyting har bir o‘yin natijasiga qarab qayta hisoblab chiqiladi. Reyting shaxmatchining mutlaq kuchini emas, balki uning raqiblarining kuchiga nisbatan kuchini o‘lchaydi.

    Erkin G‘aybullayev tarjimasi

    03.04.2024, 17:10   Izoh (0)   13796
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nodirbek Abdusattorov muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jahon reytingida hozir u to‘rtinchi!

    07.03.2024, 00:36

    “Sen bunga, albatta, qodirsan”. Prezident Nodirbek Abdusattorovga shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishini tiladi

    21.03.2024, 14:10

    FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Kuchli yuztalikda 4 nafar shaxmatchimiz bor

    01.04.2024, 10:05

    Instagram Sport: Futbolni “unutib” yuborgan Neymar, mashg‘ulotlarda qatnashayotgan Abbosbek, APLni “titratayotgan” Pep va Arteta 

    02.04.2024, 23:33

    Instagram Sport: Aprelda navbatdagi jangini o‘tkazadigan Bahodir Jalolov, to‘xtashni istamayotgan Ronaldu, kinoyulduzga aylanayotgan Konor Makgregor

    02.04.2024, 00:05

    Konor Makgregor ishtirokidagi “Yo‘l bo‘yidagi uy” Amazon tarixidagi eng yaxshi start olgan filmga aylandi

    01.04.2024, 23:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.