Rossiyaning Qrimdagi kemalaridan biriga uchirilgan raketa urib tushirildi. Bu haqda Moskva tomonidan anneksiya qilingan Qrimga tayinlangan Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev xabar berdi.
![](/static/2024/04/21/photo_2024-04-21_13-58-59-L7dqRKfk.jpg)
Raketa parchalari kichik yong‘inga sabab bo‘lgan va tezda o‘chirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Sevastopolda kema yonayotgani aks etgan video tarqalgan. Shundan so‘ng, Qrim ko‘prigida transport harakatlanishi to‘sib qo‘yilgan, biroq keyinchalik u qayta tiklangan.
“Ertalab shimoliy tomondagi kemalardan birida harbiylar kemaga qarshi raketa hujumini qaytardi”, — deydi Razvojayev.
Ukraina harbiylari Qora dengiz floti kemasiga qilingan hujum yuzasidan ma’lumot bermagan.
Izoh (0)