Forbes jurnali dunyoning eng yaxshi promoushenlari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra UFC reyting yetakchisiga aylandi. MMA promoushenining bozor narxi 11,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinni esa restling-shoular tashkil etadigan WWE tashkiloti (6,8 milliard dollar) egalladi. Uchinchi o‘rinni ham restling promoushen bo‘lgan AEW (2 milliard dollar) egallagan.
Shuningdek, One-Championship MMA promusheni (1,3 milliard), Matchroom Boxing (850 million dollar) kabi promoushenlar kuchli beshlikni yakunlab bergan.
Top Rank Boxing esa 630 million dollarga baholangan.
Izoh (0)