Braziliya terma jamoasi va Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq himoyachisi Dani Alves qamoqdan chiqqanidan so‘ng o‘zining birinchi postini e’lon qildi.

Sobiq futbolchi bir qizni zo‘rlashda ayblanib, 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 2024-yil mart oyi oxirida Alves hukmi yakuniy kuchga kirgunga qadar 1 million yevro garov evaziga ozodlikka chiqdi.
“Qaysidir OAVga intervyu berganim haqiqat emas. Sud jarayoni yakunlanmaguncha intervyu bermayman”, — deb yozdi Alves Instagram ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq El Periodico Alvesning qamoqdan chiqqanidan so‘ng birinchi izohini e‘lon qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni sobiq futbolchi hibsga olingan. Sobiq himoyachi, shuningdek, ma’naviy tovon sifatida jabrlanuvchiga 150 ming yevro to‘lashi ham kerak.
Izoh (0)