Sudyalar oliy kengashining navbatdagi ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
3-aprel kuni qator masalalar ko‘rib chiqilgan yig‘ilishda vakolati yakuniga yetgan ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga, ayrimlarini vakolat muddatiga qayta tayinlash masalalari ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
- Umidjon Aliyev — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- G‘iyosiddin Obidinov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Xurshidbek Isomiddinov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik, shundan besh yil muddatga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
- G‘ayrat Usanov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik, shundan besh yil muddatga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
- Muzaffar Boltayev — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
- Nozimjon Ayubjonov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
O‘tkur Haydarov sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
Sanjar Muhamedov sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Piskent tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Axrorjon Imomov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Muzaffar Omonov sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Fevral oyida Sudyalar oliy kengashida yangi tayinlovlar amalga oshirilgandi.