Futbol bo‘yicha Fransiya Kubogining yarim finalida “PSJ” va “Renn” jamoalari 3-aprel, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
![](/static/2024/04/04/gettyimages-2136209254-1024x1024-Agy4FUi4.jpg)
Uchrashuvning 40-daqiqasida Kilian Mbappe darvozani ishg‘ol qildi.
Ushbu gol o‘yin yakuniga qadar yagonaligicha qoldi va parijliklarga final yo‘llanmasini taqdim etdi.
Finalda “PSJ” “Lion”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 25-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fransiya Kubogi
Yarim final
3-aprel, chorshanba
“PSJ” –“Renn” 1:0
Gol: 1:0 – 40 Mbappe.
“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Markinyos (Danilu Pereyra, 75), Ernandes, Mendesh (Shkrinyar, 75), Li Kan In (Kolo-Muani, 84), Fabian Ruis, Vitinya, Zair-Emeri (Ugarte, 76), Dembele (Asensio, 76), Mbappe.
“Renn”: Mandanda, Due (Seydu, 56), Teate, Omari, Tryuffer, Burijo, Santamariya (Le Fe, 75), Blas (Tere, 56), Due (Rider, 82), Guiri (Sala, 82), Kalimuendo.
Ogohlantirishlar: Dembele (69), Seydu (81).