Jahongir Otajonov “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga bergan intervyusida zamonaviy o‘zbek estradasidagi achinarli holatlar haqida gapirib o‘tdi. Xususan, u Munisa Rizayeva va Ozoda Nursaidovaning “Artist” musiqiy loyihasida hakamlik qilayotganiga ham munosabat bildirdi.
— Mana, bir kuni “Zo‘r TV”dagi ko‘rsatuvda Munisa Rizayeva bilan Ozoda Nursaidova hakamlik qilyapti. Bir samarqandlik bola vatan haqida ashula aytdi. Uni keyin bular so‘roqqa tutishdi. Keyin u bola bechora nima deyishini bilmay “Men o‘zi bu ashulani tanlamagandim”, deb o‘zini oqlayapti. Shu paytda menda savol tug‘ildi: “Bular qaysi aql, qaysi vijdon bilan bu bolani so‘roqqa tutyapti. Odam yaxshi ashula aytyapti, lekin bularga yoqmagani uchun chiqib ketyapti. Kimga-kimga, lekin bularga emas-da yoshlarning mahoratini baholash. Chunki men ularning ikkisini ham musiqiy “danniy”larini yaxshi bilaman. Yomonlamoqchi emasman, balki mendan xafa bo‘lishar, o‘zlari biladi. Lekin qaysi kitobga asoslanib sen unga baho beryapsan? Endi bu televideniyening aybi, men shuning uchun telekanallar chaqirsa bormayman. Ularning aybi — konservatoriya to‘la musiqashunos.
Masalan, bizdan katta Glierda o‘qigan Oydin degan opa bor, shuni olib borib qo‘y. Odamlar tanisin, bizda qanday musiqashunoslar borligini. Pop yo‘nalishidan u yog‘iga o‘ta olmaydiganlar chiqib kelayotgan, yaxshi ashula ayta oladigan bolani muhokama qilishyapti. Xo‘p sen oynaga qarab o‘zingga savol ber: men o‘zi ashula ayta olamanmi?, deb so‘ra. Turib “yo‘q” deysan o‘zingga o‘zing. To‘g‘ri, birov eshitmaydi, lekin o‘zi eshitadi. Patriotizm bunaqa bo‘lmaydi. Nima qilish kerak ya’ni? “Zapret”ni mening to‘g‘ri gapirganim uchun emas, balki kimningdir ashula ayta olmasligi uchun qo‘yish kerak. Mutlaqo boshqa qo‘shiq aytmasin, u bilan o‘zbek san’ati tugab qolmaydi, — deydi xonanda.
“Pop yo‘nalishidan u yog‘iga o‘ta olmaydiganlar yoshlarni baholab o‘tiribdi”. Jahongir Otajonov Munisa Rizayeva va Ozoda Nursaidovaning “Artist” loyihasida hakamlik qilayotganini qoraladi
Mavzuga doir
×